JAMG‘ARIB BORILADIGAN PENSIYA TA’MINOTI ILISH TARTIBI QANDAY?
Quyidagilar jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minotini olishlar mumkin:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
- O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan chet el fuqarolari;
- O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.
Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida qatnashish.
Ish beruvchilar, mehnat shartnomasi tuzib ishlayotganlar jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida qatnashishlari majburiy bo‘lib hisoblanadi.
Quyidagilar jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ixtiyoriy ishtirok etadilar:
- yakka tadbirkorlar;
- yuridik shaxs tashkil etmagan dehqon xo‘jaliklarining a’zolari;
- chet elda yollanib ishlovchilar;
- dehqon xo‘jaligi a’zolari;
- shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda qoramol boqish va yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish bilan, o‘simlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlari yetishtirish bilan band bo‘lganlar.
Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida majburiy tartibda ishtirok etuvchi fuqarolarni hisobga olish ish beruvchining talabnomasiga muvofiq mazkur fuqarolarning asosiy ish joyidagi Xalq banki filialida amalga oshiriladi.
Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ixtiyoriylik asosida ishtirok etuvchi fuqarolarni hisobga olish ularning arizasiga muvofiq mazkur fuqarolarning yashash joyidagi Xalq banki filialida amalga oshiriladi.
Yuridik va jismoniy shaxslar fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish uchun Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki O‘zbekiston Respublikasining interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida elektron ariza berishlari lozim.
Shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlari ochish.
Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga olinayotganda fuqarolarga Xalq banki umrbod qilib belgilanadigan, doimiy shaxsiy tartib raqamli shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlari ochadi.
Fuqarolarning yashash yoki ish joyi yoxud pasportiga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiga oid ma’lumotlar o‘zgargan taqdirda shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i tartib raqami o‘zgarishsiz qoladi va yangi shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i ochish talab etilmaydi.
Jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallaridan, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘larga hisoblab chiqarilgan foizlardan hamda bunday mablag‘lar foydalanilishidan fuqarolar va Xalq banki oladigan boshqa daromadlardan, jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlaridan, shuningdek jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘lari aylanmasidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar olinmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga murojaat qilish uchun quyidagi "1140" ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qiling.O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankiga murojaat qilish uchun quyidagi havolaga o‘ting yoki "1106" ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qiling.
K.ISMOILOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
RAQOBAT SOHASIDA BIRINCHI HUQUQBUZARLIK UCHUN –
personmaftuna 29-09-24, 21:35Prezident tomonidan 04.09.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini...
PENSIYA OLISH HUQUQIGA EGA BO‘LGAN OILA A’ZOLARI
personmaftuna 13-04-24, 02:11Vafot etgan boquvchining qaramog‘ida ( fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonuni 20-modda ) bo‘lgan...
TADBIRKORLAR BIRLASHMALARINING ROLI YANADA OSHIRILADI
personmaftuna 19-03-24, 01:57"Tashqi savdo va hududiy sanoatni rivojlantirishda tadbirkorlar birlashmalarining rolini yanada oshirish...