TADBIRKORLAR BIRLASHMALARINING ROLI YANADA OSHIRILADI
"Tashqi savdo va hududiy sanoatni rivojlantirishda tadbirkorlar birlashmalarining rolini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-126-son, 14.03.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, Eksportni rag'batlantirish agentligi hamda Eksportni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi negizida “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ (Kompaniya) tashkil etildi va uning ustav kapitalidagi davlat ulushini boshqarish funksiyasi ishonchnoma asosida Savdo-sanoat palatasiga berildi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga ko'maklashish (eksportoldi va eksport bilan bog'liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish bundan mustasno) uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag'larni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida yuridik shaxs tashkil etmasdan ochiladigan Savdoga ko'maklashish jamg'armasiga yo'naltirish hamda Jamg'arma mablag'larini boshqarish huquqi Kompaniyaga berildi.
“O'zbekekspertiza” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushi va ayrim davlat ishtirokidagi korxonalarga tegishli ulushlarni Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o'tkazgan holda davlat ulushini boshqarish funksiyasini ishonchnoma asosida Savdo-sanoat palatasiga berildi.
Maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalariga investorlarni jalb qilish, ularning ishtirokchilariga ko'maklashish Savdo-sanoat palatasining vazifalaridan biri sifatida belgilandi.
Yangibozor tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
ELEKTR ENERGETIKASI SOHASINI TARTIBGA SOLISH HAQIDA
personmaftuna 24-03-25, 02:49Elektr energetikasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari atrof-muhitga salbiy ta’sirni va issiqxona...
TDYU HUZURIDAGI AKADEMIK LITSEYLAR BITIRUVCHILARINI SUHBAT
personmaftuna 08-08-25, 15:06Hukumat qarori (374-son, 18.06.2025-y.) bilan “Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik liseylarning...
MAISHIY ZOʻRAVONLIKDAN HIMOYALANISH UCHUN QOʻSHIMCHA
personmaftuna 26-12-24, 02:42O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 21.10.2024-yildagi “Oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan himoya qilish choralari...