Kuzatuvchi » Siyosiy » АLIMENT TOʼLASH VA UNDIRISH TARTIBI QANDAY?

АLIMENT TOʼLASH VA UNDIRISH TARTIBI QANDAY?


Аlimentni ixtiyoriy toʼlash.

          Аliment toʼlashi shart boʼlgan shaxs alimentni ixtiyoriy ravishda shaxsan yoki oʼz arizasiga muvofiq ishlab turgan joyida yoxud pensiya, nafaqa, stipendiya va boshqa turdagi mablagʼ olayotgan joyida toʼlanadi.

Voyaga yetmagan bolalar uchun olinadigan aliment arizaga muvofiq belgilangan miqdorlarda ushlab qolinadi.

Voyaga yetmagan bolalar taʼminoti uchun alimentlar bola voyaga yetguniga qadar boʼlgan davr uchun, shu jumladan koʼchmas yoki koʼchar mulk yoxud boshqa qimmatli ashyoni berish yoʼli bilan oldindan toʼlanishi mumkin.

Аlimentning ixtiyoriy ravishda toʼlab turilishi aliment undiruvchini aliment undirish haqidagi daʼvo yoki ariza bilan xohlagan vaqtda sudga murojaat qilish huquqidan mahrum etmaydi.

Alimentlarni oldindan to‘lash bola voyaga yetguniga qadar har qanday davr uchun, biroq ushbu bandning ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan hollarni istisno qilganda besh yildan kam bo‘lmagan muddatga amalga oshiriladi.

Alimentlarni oldindan to‘lash vaqtida agar bolalar voyaga yetguniga qadar bo‘lgan davr 5 yildan kam bo‘lsa, alimentlarni oldindan to‘lash qolgan davr uchun amalga oshiriladi.

Sud ajrimiga asosan oldindan to‘lanishi shart bo‘lgan alimentlarning to‘liq miqdorini to‘lash, shuningdek, alimentlarni oldindan to‘lash hisobiga undiruvchiga topshirilishi shart bo‘lgan mol-mulkni topshirish o‘n ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.

Alimentlarni to‘lash to‘g‘risidagi ijro hujjati (keyingi o‘rinlarda ijro hujjati deb ataladi) bo‘yicha alimentlarni muayyan davr uchun oldindan to‘lash yo‘li bilan ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish masalasida, qarzdor ijro hujjatini bergan sudga ijro hujjatini ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qiladi.

Alimentlarni undirish alimentlar to‘lash to‘g‘risidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvga asosan bo‘lsa, ariza ijro hujjati ish yurituvi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining (keyingi o‘rinlarda Byuro deb ataladi) tuman (shahar) bo‘limi joylashgan hududdagi fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudiga beriladi.

Ijro hujjatini ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi arizada, qarzdor aliment majburiyatlarini umumiy tartibda bajarish uchun to‘sqinlik qiluvchi obyektiv holatlarni ko‘rsatadi (boshqa mamlakatga tashrif buyurish to‘g‘risida taklifnoma, boshqa mamlakatda ishga tayinlanganligi to‘g‘risidagi buyruq va h.k.).

Alimentlarni oldindan to‘lash bolalar voyaga yetgunga qadar amalga oshirilgan taqdirda, mazkur ijro hujjati bo‘yicha ijro ishini yuritish tamomlanmaydi.

Mazkur holatda alimentlar oldindan to‘langan davr mobaynida ijro hujjati bo‘yicha majburiy ijro harakatlari amalga oshirilmaydi.

Alimentlar oldindan to‘langan davr yakunlanganda, shuningdek, sudning ijro hujjatini ijro etish usuli va tartibi bekor bo‘lganda majburiy ijro choralari umumiy tartibda amalga oshiriladi.

Agar oldindan to‘lanishi lozim bo‘lgan alimentlar summasi sudning ijro hujjatini ijro etish usuli va tartibi o‘zgartirish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatilgan muddatda to‘liq to‘lanmagan taqdirda majburiy ijro choralari umumiy tartibda amalga oshiriladi.

Agar qarzdorning ish haqi yoki boshqa daromadi oldindan to‘langan alimentlar summasiga nisbatan ko‘proq miqdorda to‘lash imkonini bersa, undiruvchi alimentlar oldindan to‘langan davr yakunlangunga qadar qarzdor uchun aliment majburiyatlarining umumiy tartibini belgilash to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.

Mazkur ariza sud tomonidan sud qarorlarini ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish bo‘yicha belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Aliment majburiyatlarini umumiy tartibda belgilash to‘g‘risidagi ariza qanoatlantirilganda, oldindan to‘langan aliment to‘lovlari qaytarilmaydi, umumiy tartibda to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment hisobiga o‘tkaziladi. Bunda davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro choralari umumiy tartibda qo‘llaniladi.

 

                                                                          A.DUSCHANOV,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

YER MUNOSABATLARIDA TENGLIK VA SHAFFOFLIK TA'MINLANISHI

personmaftuna 14-06-25, 02:44
0 YER MUNOSABATLARIDA TENGLIK VA SHAFFOFLIK TA'MINLANISHI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-973-son, 09.10.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlarga o'zgartirish va...

БИЛАСИЗМИ?

personmaftuna 29-03-24, 06:40
0 БИЛАСИЗМИ?

“Техник жиҳатдан тартибга солиш соҳасидаги давлат бошқарувини янада такомиллаштиришга доир чора-тадбирлар тўғрисида”ги...

SPORT QONUNCHILIGIDA NIMALAR OʻZGARDI

personmaftuna 02-06-24, 03:35
0 SPORT QONUNCHILIGIDA NIMALAR OʻZGARDI

Vazirlar Mahkamasining 08.05.2024 - yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tashkil etilganligi munosabati...

menu
menu