Kuzatuvchi » Siyosiy » TA’TILLAR. IJODIY TA’TILLAR HAQIDA NIMALARNI BILASIZ?

TA’TILLAR. IJODIY TA’TILLAR HAQIDA NIMALARNI BILASIZ?

Taʼtillar (Oʻzbekiston Respublikasida) — xodimlarga ish joyi (lavozimi) va ish haqi saqlangan holda har yili dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun beriladigan vaqt. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida yillik mehnat taʼtilining muddati kamida 15 ish kunidan iborat etib belgilangan. Ayrim toifadagi xodimlarga ularning yoshi, sogʻligʻini hisobga olib, yillik uzaytirilgan T. beriladi. Chunonchi, 18 yoshga toʻlmagan shaxslarga, ishlayotgan 1 va 2guruh nogironlariga T. 30 kalendar kun, oʻqituvchilarga 48 ish kuni, ilmiy tadqiqot muassasalari kichik va katta ilmiy xodimlariga 24—48 ish kuni, sudyalarga 36 ish kuni qilib belgilangan.

Xodim va ish beruvchi o'rtasidagi kelishuvga ko'ra har yilgi mehnat ta'tili qismlarga bo'linishi mumkin. Bunda ushbu ta'tilning hech bo'lmaganda bir qismi          14 kalendar kundan kam bo'lmasligi kerak.

Mehnat faoliyatini yoki pedagogik faoliyatni ilmiy ish bilan birga olib borayotgan shaxslarga asosiy ish joyida o'rtacha ish haqi va lavozimi saqlangan holda quyidagi muddatlarga ijodiy ta'tillar beriladi:

  • falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasini olishga doir dissertatsiyani yakunlash uchun hamda darsliklar va o'quv-uslubiy qo'llanmalar qo'lyozmalarining mualliflariga — 3 oygacha;
  • fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasini olishga doir doktorlik dissertatsiyani yakunlash uchun — 6 oygacha.

Mualliflar jamoalari tomonidan darsliklar va o'quv-uslubiy qo'llanmalarini yozish chog'ida mualliflar jamoasi a'zolaridan biriga mualliflar guruhining barcha a'zolari imzolagan yozma arizaga muvofiq ijodiy ta'til beriladi. Mualliflar ta'tilni o'zaro taqsimlashga ham haqli.

Ilmiy daraja olishga da'vogarlarga, shuningdek darsliklarning yoki o'quv-uslubiy qo'llanmalarining mualliflariga navbatdagi yillik mehnat ta'tillari ular ijodiy ta'tillardan foydalanganligidan qat'i nazar beriladi.

Ijodiy ta'tillar berish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

 

T.DAVLETOV, 

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

YERGA OID ISHLARNI MA'MURIY SUDLAR TOMONIDAN KO‘RISH UNDA

personmaftuna 24-01-24, 03:17
0 YERGA OID ISHLARNI MA'MURIY SUDLAR TOMONIDAN KO‘RISH UNDA PROKURORNING ISHTIROK ETISHI SHART ETIB BELGILANDI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ–889, 25.12.2023-y.) bilan Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi...

ПЕНСИОНЕРНИНГ ВАФОТИ МУНОСАБАТИ БИЛАН ОЛИНМАЙ ҚОЛГАН

personmaftuna 13-04-24, 02:08
0 ПЕНСИОНЕРНИНГ ВАФОТИ МУНОСАБАТИ БИЛАН ОЛИНМАЙ ҚОЛГАН ПЕНСИЯНИ ТЎЛАШ ВА ДАФН ЭТИШ УЧУН НАФАҚА ТЎЛАШ

Пенсионер олиши лозим бўлган ва унинг вафоти муносабати билан олинмай қолган пенсия пули мерос таркибига киритилмасдан...

UY-JOY SOTIB OLISH UCHUN SUBSIDIYALAR AJRATISH TARTIBI

personmaftuna 16-12-24, 11:33
0 UY-JOY SOTIB OLISH UCHUN SUBSIDIYALAR AJRATISH TARTIBI O‘ZGARDI

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi qarori bilan uy-joy sotib olish uchun subsidiyalar ajratish tartibiga...

menu
menu