Kuzatuvchi » Siyosiy » UY-JOY SOTIB OLISH UCHUN SUBSIDIYALAR AJRATISH TARTIBI O‘ZGARDI

UY-JOY SOTIB OLISH UCHUN SUBSIDIYALAR AJRATISH TARTIBI O‘ZGARDI

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi qarori bilan uy-joy sotib olish uchun subsidiyalar ajratish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qaror bilan, ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badal va foiz xarajatlarining bir qismini qoplab berish uchun subsidiyalarni to‘lab berishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish hamda tijorat banklari tomonidan fuqarolarga ajratilgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish tartibi belgilandi. Shuningdek, subsidiyalar to‘lab beriladigan fuqarolarni tanlab olish mezonlari takomillashtirildi.

Bundan buyon arizalarni ko‘rib chiqish faqatgina subsidiya.idm.uz dasturiy ta’minot tizimi orqali amalga oshiriladi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilinganda arizalar avtomatik ravishda unga yo‘naltirilsa, davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilinganda markaz xodimlari bir soat ichida ularni tizimga kiritishi zarur bo‘ladi.

Avvalgi tartibda ariza beruvchining taqdim etilgan arizasi asosida ijtimoiy mezonlarga mos kelishini aniqlash va baholashga tuman (shahar) soliq inspeksiyalari, tibbiyot birlashmalari, moliya bo‘limlari hamda oila va xotin-qizlar bo‘limlari mas’ul bo‘lishgan bo‘lsa, endilikda mazkur funksiyalar Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Adliya vazirligi, Kadastr agentligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Soliq qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Natijada ko‘rib chiqish jarayoni tezlashtiriladi.

Baholashda ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘i (eri)ning daromadlari bilan bir qatorda endi kafillik qiluvchilarning yaqin qarindoshlari daromadlari ham hisobga olinadi.

Qaror bilan subsidiyalar bilan qoplanadigan foiz to‘lovlari miqdoriga ham o‘zgartirish kiritildi. Endilikda yangi kreditlar uchun yillik 12% dan yuqori qismi, 2025 yildan boshlab esa Markaziy bankning asosiy stavkasidan ortiq qismi qoplanadi.

Boshlang‘ich to‘lov va foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan besh ish kuni ichida to‘lanadi.

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

ISH BERUVCHINING XODIMGA KAFOLATLI QO‘SHIMCHA TO‘LOVLARNI

personmaftuna 15-05-24, 19:38
0 ISH BERUVCHINING XODIMGA KAFOLATLI QO‘SHIMCHA TO‘LOVLARNI AMALGA OSHIRISH MAJBURIYATI

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 281-moddasiga asosan, ish beruvchi quyidagi kafolatli qo‘shimcha...

KRIMINOLOGIYA INSTITUTI TASHKIL ETILDI

personmaftuna 05-03-24, 07:25
0 KRIMINOLOGIYA INSTITUTI TASHKIL ETILDI

Prezident 15.01.2024-yilda PF-10-sonli «Jamoat хavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasini...

SOLIQ HISOBOTINI TOPSHIRMAGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK BOR️

personmaftuna 07-02-25, 12:44
0 SOLIQ HISOBOTINI TOPSHIRMAGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK BOR️

Ma’muriy javogarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasiga asosan, foyda (daromad) yoki boshqa soliq solish...

menu
menu