Kuzatuvchi » Siyosiy » HAYVONLARNI IDENTIFIKATSIYA QILISH TARTIBGA SOLINDI

HAYVONLARNI IDENTIFIKATSIYA QILISH TARTIBGA SOLINDI

Hayvonlarni identifikasiya qilish, ro'yxatga olish va kuzatish to'g'risida”gi Qonun (O'RQ–1079-son, 06.08.2025-y.) qabul qilindi. 

Qonunga ko'ra, O'zbekiston hududida jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan saqlanadigan va (yoki) ko'paytiriladigan hayvonlar belgilangan tartibda identifikatsiya qilinishi hamda ro'yxatga olinishi kerak.

 

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasi mazkur sohada vakolatli davlat organidir.

 

 Qonunda hayvonlarni identifikasiya qilish va ro'yxatga olishning quyidagi muddatlari belgilangan:

 

 qoramol, qo'y, echki va tuyalar – tug'ilganidan 14 kundan keyin;

 

 otlar – tug'ilganidan 4 oydan keyin;

 

 cho'chqalar tug'ilganidan – 1 oydan keyin;

 

 itlar va mushuklar – tug'ilganidan 3 oydan keyin. 

 

✅ Bunda hayvonlar ko'rsatilgan muddatlar tugaganidan keyin 1 oydan kechiktirmay identifikatsiya qilinishi va ro'yxatga olinishi kerak.

 

✍️ Saqlash va (yoki) ko'paytirish maqsadida O'zbekistonga olib kiriladigan hayvonlar olib kirilgan sanadan e'tiboran 21 kundan kechiktirmay identifikatsiya qilinishi lozim.                                                                                                                                                 


S.BERDIQILICHOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.   

 

Boshqa maqolalar

"ТОЗА ҚЎЛЛАР" ДАСТУРИНИ АМАЛГА ОШИРИШ ЧОРА-ТАДБИРЛАРИ

personmaftuna 05-06-25, 13:42
0 "ТОЗА ҚЎЛЛАР" ДАСТУРИНИ АМАЛГА ОШИРИШ ЧОРА-ТАДБИРЛАРИ БЕЛГИЛАНДИ

“Соғлиқни сақлаш ва таълим ташкилотларида ичимлик суви ҳамда санитария-гигиена инфратузилмасини кенгайтиришга...

ISHDAN TASHQARI ISHDA XODIMLARNI QAY TARTIBDA ISHLATISH

personmaftuna 11-12-24, 11:33
0 ISHDAN TASHQARI ISHDA XODIMLARNI QAY TARTIBDA ISHLATISH QONUNIY? 6 SAVOLGA JAVOB

Ishdan tashqari ish nima o‘zi? Mehnat qonunchiligi bo‘yicha xodimning kundalik ish (smena) muddatidan ortiqcha ishlashi...

AYRIM SHAXSLARGA TEMIR YO‘L TRANSPORTI VA AVTOBUS UCHUN

personmaftuna 10-12-24, 10:47
0 AYRIM SHAXSLARGA TEMIR YO‘L TRANSPORTI VA AVTOBUS UCHUN BEPUL CHIPTALAR BERILADI

Hukumat Qarori (733-son, 04.11.2024-y.) bilan O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz...

menu
menu