AYRIM OILALARGA FARZANDI MAKTABGACHA TA'LIM XIZMATIDAN FOYDALANISHI UCHUN MODDIY YORDAM TO'LASH TARTIBI BELGILANDI
Hukumat qarori (484-son, 31.07.2025-y.) bilan “Kambag'al oilalar reestriga kiritilgan rasmiy band bo'lgan yolg'iz ota va onalarga farzandi uchun maktabgacha ta'lim xizmatidan foydalanish uchun moddiy yordam to'lash tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.
Qarorga ko'ra, moddiy yordam Kambag'al oilalar reestriga kiritilgan va rasmiy band bo'lgan yolg'iz ona (ota)ga ijtimoiy shartnoma asosida to'lanadi.
Bunda ularning maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyalanayotgan 3 yoshgacha bo'lgan farzand(lar)iga BHMning 1,5 baravarigacha miqdorda to'lab beriladi.
Moddiy yordam qonuniy vakilning 3 yoshgacha bo'lgan faqat 1 nafar farzandi (bolalar egizak bo'lsa, egizaklarning har biriga) uchun beriladi.
Moddiy yordam olish uchun qonuniy vakil “Inson” markazlari, Davlat xizmatlari markazlariga bevosita kelgan holda yoki ijtimoiy xodim yoxud “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (“YMIH” AT), shuningdek, YIDXP (my.gov.uz) orqali ariza bilan murojaat qiladi.
Arizada quyidagi ma'lumotlar ko'rsatiladi:
qonuniy vakilning fuqarolik biometrik pasporti ma'lumotlari;
▪️ 3 yoshgacha bo'lgan farzand(lar)ining tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomasi(lari) ma'lumotlari;
▪️ mobil telefoni raqami;
▪️ AT “Xalq banki” bankida ochilgan bank kartasi ma'lumotlari.
Moddiy yordam hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha qonuniy vakillarning “ijtimoiy karta”lariga, ular mavjud bo'lmaganda, AT “Xalq banki”da ochilgan bank kartalariga o'tkazib beriladi.
S.BERDIQILICHOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.
Boshqa maqolalar
XODIMNING HUQUQLARI
personmaftuna 26-09-24, 01:55Mehnat Kodeksining 21-moddasiga muvofiq, xodim quyidagi huquqlarga ega: mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda...
IQTISODIYOT TARMOQLARIDA KOSMIK MONITORING QANDAY
personmaftuna 20-02-25, 11:38O ‘ zbekiston Respublikasi Prezidentning 14.10.2024-yildagi “2024-2026-yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik te...
СУБСИДИЯ АСОСИДА ОЛИНГАН УЙ-ЖОЙ КРЕДИТИ УЧУН ЙЎНАЛТИРИЛГАН
personmaftuna 30-01-25, 12:03Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ипотека кредитидан фойдаланишда аҳолига қўшимча қулайликлар яратиш...