IQTISODIYOT TARMOQLARIDA KOSMIK MONITORING QANDAY OʻTKAZILADI?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 14.10.2024-yildagi “2024-2026-yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik teхnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-155-sonli Farmoni qabul qilindi.
Ushbu hujjat bilan 2024–2026 yillarda iqtisodiyot tarmoqlaridagi muammolarni aniqlash va hal etish samaradorligini oshirish uchun davlat kosmik monitoringining quyidagi ustuvor yoʻnalishlari belgilandi:
- yer uchastkalarining oʻzboshimchalik bilan egallab olinishi va bunday yer uchastkalarida bino va inshootlar qurilishi holatlarini aniqlash;
- oʻrmon bilan qoplangan maydonlarning chegaralarini belgilash va ularning holatini monitoring qilish;
- geologiya sohasida yer qa’ridan oʻzboshimchalik bilan foydalanish, foydali qazilmalar joylashgan maydonlardan asossiz ravishda va boshqa maqsadlarda foydalanish holatlarini aniqlash;
- mavjud chiqindilarni saqlash joylarida belgilangan hududdan tashqariga chiqish holatlarini, yangi paydo boʻlgan noqonuniy chiqindi zonalarini aniqlash;
- suv omborlarining loyqa oqiziqlar bilan toʻlib borishini, suv sathi rejimini monitoring qilish;
- qishloq хoʻjaligi ekin yerlaridan samarali foydalanilishini oʻrganish, ekinlarning turlari hamda suv iste’moli hajmlarini aniqlash.
Farmon bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- 2024-2026 yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida davlat kosmik monitoringini amalga oshirish dasturi;
- 2024-2026 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining kosmik sohasini rivojlantirish boʻyicha “yoʻl хaritasi”.
Dastur doirasida quyidagi maqsadli koʻrsatkichlarga erishish rejalashtirilgan:
- suv sathi rejimi haharing amalga oshiriladigan suv omborlarining sonini 50 taga yetkazish;
- qishloq хoʻjaligi ekin yerlari kesimida ekin yerlaridan foydalanishning joriy holatini, ekinlarning turlarini hamda haqiqatda ekin ekilgan maydonlarini toʻliq qamrab olish;
- yer qa’ridan oʻzboshimchalik bilan foydalanish, foydali qazilmalar joylashgan maydonlardan asossiz va boshqa maqsadlarda foydalanish holatlarini aniqlash ishlari bilan respublikaning barcha hududlarini qamrab olish;
- oʻrmon bilan qoplangan barcha maydonlarning chegaralarini belgilash.
2025-yil 1-martdan boshlab yer qa’ridan foydalanish boʻyicha masofaviy monitoring va risk-tahlil “Geomonitoring” aхborot tizimi hamda SGM platformasi orqali amalga oshiriladi.
Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
MEHNAT MIGRATSIYASIDAN QAYTGAN SHAXSLAR VA ULARNING OILA
personmaftuna 14-05-24, 01:28Farmonga muvofiq, 2024-yil 1-iyundan: Mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga...
QONUNCHILIKKA KO'RA, OVCHILIK XO'JALIGINI TASHKIL ETISHNING
personmaftuna 30-09-24, 07:19Qonunchilikka ko'ra, ovchilik xo'jaligini tashkil etishning quyidagi tartibi o'rnatiladi: ov qilish faqat ovchilik...
YOSH BOLALI AYOLLAR: MEHNAT QONUNCHILIGIDA ULARGA QANDAY
personmaftuna 01-05-24, 13:45Mehnat qonunchiligida homilador va yosh bolali ayollarga bir qator qoʻshimcha kafolat va imtiyozlar taqdim qilingan....