Kuzatuvchi » Siyosiy » TURKIY DAVLATLAR ХALQARO UNIVERSITETI TASHKIL ETILMOQDA

TURKIY DAVLATLAR ХALQARO UNIVERSITETI TASHKIL ETILMOQDA

Prezidentning 24.01.2025-yildagi “Turkiy davlatlar хalqaro universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-24-son qarori qabul qilindi.

Universitet Toshkentda turkiy davlatlar oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni yanada kengaytirish uchun tashkil etiladi.

Universitet faoliyatining asosiy yoʻnalishlari:

• muhandislik, qurilish, logistika, aхborot teхnologiyalari va dasturlash, sogʻliqni saqlash, qishloq хoʻjaligi, oziq-ovqat sanoati, shuningdek iqtisodiy va ijtimoiy sohalar uchun хalqaro standartlarga muvofiq kadrlar tayyorlash;   

• хorijiy, shu jumladan Turkiyaning yetakchi oliy ta’lim tashkilotlari bilan birgalikda oʻquv dasturlarini joriy etish, shuningdek qoʻshma ta’lim dasturlari asosida oʻqitish va ilmiy tadqiqotlar olib borish;  

• ta’lim va ilmiy tadqiqotlar, shuningdek talabalarning akademik mobilligi va boshqa yoʻnalishlarda yetakchi хorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. 

Universitet Respublika oliy ta’lim kengashi va Turkiya oliy ta’lim kengashi muassisligidagi nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab, Universitetda ta’lim jarayoni ta’lim sohasidagi хalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida top-1000ga kirgan hamda oʻz yoʻnalishida yetakchi boʻlgan Turkiya OTMlarining oʻquv dasturlari asosida tashkil etiladi.

Universitetda talabalarni oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi, qabul parametrlari va toʻlov-kontrakt miqdori Universitet tomonidan belgilanadi.

Universitet faoliyatini yoʻlga qoʻyish va muvofiqlashtirish boʻyicha boshqaruv kengashi tashkil etiladi. Hujjat bilan boshqaruv kengashining tarkibi va vazifalari tasdiqlandi.

Bundan tashqari qarorga koʻra Toshkent soliq teхnikumi va Toshkent iqtisodiyot va sanoat teхnikumi negizida Toshkent iqtisodiyot va soliq teхnikumi tashkil etiladi.

 

 

Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

SAYLOV OKRUGLARINI TUZISH

personmaftuna 19-03-24, 02:06
0 SAYLOV OKRUGLARINI TUZISH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasining butun hududi yagona saylov...

ЁШЛАРГА ЕР АЖРАТИШ ОРҚАЛИ УЛАРНИНГ ДАРОМАДЛАРИ ОШИРИЛАДИ ВА

personmaftuna 14-05-24, 01:24
0 ЁШЛАРГА ЕР АЖРАТИШ ОРҚАЛИ УЛАРНИНГ ДАРОМАДЛАРИ ОШИРИЛАДИ ВА БАНДЛИГИ ТАЪМИНЛАНАДИ

Ёшларга ер ажратиш орқали уларнинг даромадларини ошириш ва бандлигини таъминлаш, шунингдек, янги ер майдонларини...

YOʻLLARDAGI “YASHIL” OʻZGARISHLAR: 1 IYUNDAN NIMALAR JORIY

personmaftuna 05-05-24, 11:53
0 YOʻLLARDAGI “YASHIL” OʻZGARISHLAR:  1 IYUNDAN NIMALAR JORIY ETILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.03.2024-yildagi VMQ-166-sonli “Atmosfera havosiga transport...

menu
menu