SAYLOV OKRUGLARINI TUZISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasining butun hududi yagona saylov okrugi hisoblanadi.
Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish uchun yetmish beshta hududiy bir mandatli saylov okrugi tuziladi.
Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha bir mandatli saylov okruglari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda Markaziy saylov komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan har besh yilda bir marta tuziladi.
Qonunchilik palatasi deputatligiga siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxati (bundan buyon matnda partiya ro‘yxati deb yuritiladi) asosida Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasining butun hududi yagona saylov okrugi hisoblanadi.
Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha bir mandatli saylov okruglarining chegaralari Qoraqalpog‘iston Respublikasining, viloyatlarning va Toshkent shahrining ma’muriy-hududiy tuzilishi inobatga olingan holda, qoida tariqasida, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida saylovchilar soni teng holda belgilanadi.
Mahalliy Kengashlarga saylov o‘tkazish uchun saylov okruglari xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashlaridagi deputatlik o‘rinlariga teng miqdorda tuziladi.
Bir mandatli saylov okrugidan Qonunchilik palatasiga hamda mahalliy Kengashlarga bo‘lib o‘tadigan saylovda har bir saylov okrugidan bitta deputat saylanadi.
Yangi tashkil etilgan viloyatning xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglari soni Senat tomonidan belgilanadi, yangi tashkil etilgan tumanning, shaharning xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglarining soni esa ushbu Kodeks 88-moddasining talablari inobatga olingan holda tegishli xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashi tomonidan belgilanadi.
Yangi tashkil etilgan viloyatning xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglari Senatning taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, yangi tashkil etilgan tumanning, shaharning xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglari esa tegishli xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashining taqdimnomasiga binoan tegishli viloyat va Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda hududiy saylov komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan tuziladi.
Mahalliy Kengashlarga saylov o‘tkazish bo‘yicha bir mandatli saylov okruglari tegishli hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan, qoida tariqasida, saylovchilar soni teng holda har besh yilda bir marta tuziladi. Saylov okruglarining chegaralari viloyatlar, tumanlar va shaharlarning ma’muriy-hududiy tuzilishi inobatga olingan holda belgilanadi.
Bir mandatli saylov okruglarini tuzishda saylov okruglaridagi saylovchilar sonining yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p chetga chiqishi, qoida tariqasida, o‘n foizdan oshmasligi kerak.
Bir mandatli saylov okruglarining ro‘yxatlari ularning chegaralari, saylovchilar soni va saylov komissiyalarining joylashgan eri ko‘rsatilgan holda saylovdan kamida yetmish kun oldin tegishli saylov komissiyasi tomonidan e’lon qilinadi.
Yangibozor tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
MA’MURIY JARIMAGA TUSHGAN HAYDOVCHIGA QANDAY HOLLARDA 30
personmaftuna 29-06-24, 09:26MJTKning 332-prim 1-moddasiga asosan, jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan (Ya’ni,...
“ЁШЛАР ДАФТАРИ” ЖАМҒАРМАСИ МАБЛАҒЛАРИ ЁШЛАРНИ ЧЕТ ТИЛЛАРИГА
personmaftuna 30-09-24, 06:1521.02.2024 йил кунги ПФ-37-сон Президент Фармонига кўра, 2024 йил 1 мартдан: “Ёшлар дафтари” жамғармаси маблағлари...
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING TA’LIM OLISHI
personmaftuna 25-09-24, 00:37O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasiga asosan, Mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz keksalar, nogironligi...