MEHNAT MIGRATSIYASIDAN QAYTGAN SHAXSLAR VA ULARNING OILA A'ZOLARI BEPUL TIBBIY KO'RIKDAN O'TKAZILADI
Farmonga muvofiq, 2024-yil 1-iyundan:
Mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir ishga olingan xodim uchun 12 oy davomida oyiga 500 ming so'mdan subsidiya to'lanadi (bundan byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan yuridik shaxslar mustasno).
Bunda:
- subsidiya 2024-yil 1-iyundan 2026-yil 1-yanvarga qadar ishga qabul qilingan shaxslarga nisbatan to'lanadi;
- mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxs bilan tuzilgan va Yagona milliy mehnat tizimida ro'yxatdan o'tkazilgan mehnat shartnomasi subsidiya to'lash uchun asos bo'lib hisoblanadi;
- mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar deb xorijda 3 va undan ortiq oy mobaynida mehnat faoliyati bilan shug'ullanib, yashash manziliga qaytib kelganligiga bir yildan ko'p vaqt bo'lmagan shaxslar tushuniladi;
- 2024-yil 1-iyundan quyidagilar yo'lga qo'yiladi:
- mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar hamda ularning oila a'zolarini bepul tibbiy ko'rikdan o'tkazish;
- mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan, ijtimoiy ahamiyatli kasallikka chalingan shaxslarga tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro'yxatiga muvofiq bepul tibbiy yordam ko'rsatish amaliyoti.
Y.XO‘JAMURATOVA,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
РАҚАМЛИ ТЕХНОЛОГИЯЛАР ХАЛҚАРО МАРКАЗИ ТАШКИЛ ЭТИЛМОҚДА
personmaftuna 22-02-24, 06:47Президент томонидан 01.02.2024 йилдаги “Рақамли технологиялар халқаро марказини ташкил этиш бўйича биринчи навбатдаги...
YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI
personmaftuna 18-08-24, 04:03Yoshlar (yosh fuqarolar) — 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslar. Yosh oila — er-xotinning ikkisi ham...
SAYYOR TEKSHIRUV OʻTKAZISHDA SOLIQ ORGANLARINING HUQUQLARI
personmaftuna 12-02-25, 01:10Vazirlar Mahkamasining 27.12.2024-yildagi "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va...