Kuzatuvchi » Siyosiy » “ISTE'MOLCHILARNING HUQUQ VA MANFAATLARI ISHONCHLI HIMOYA QILINADI

“ISTE'MOLCHILARNING HUQUQ VA MANFAATLARI ISHONCHLI HIMOYA QILINADI

O’zbekiston Respublikasi Qonuni (O'RQ–1078-son, 31.07.2025-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi.           

Qonun hujjatlariga kiritilgan qo'shimchalarga ko'ra, sotuvchilarni oldi-sotdi shartnomasida ko'rsatilgan majburiyatlarni o'z vaqtida bajarishga undaydigan normalar belgilandi. 

       Xususan, sotuvchi oldi-sotdi shartnomasida ko'rsatilgan muddatda tovarni topshirish bo'yicha majburiyatini bajarmaganda, kechiktirilgan har bir vaqt birligi uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida iste'molchiga penya to'lashi ko'zda tutildi.

Biroq bunda penyaning umumiy summasi topshirilmagan tovar bahosidan oshib ketmasligi kerak!

Shuningdek, qonun bilan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga ichki ishlar organlari xodimi va Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining qonuniy talablarini bajarmaslik bilan bog'liq huquqbuzarliklar uchun jazo choralari kuchaytirilishini nazarda tutuvchi qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi.

Bundan tashqari, qonun hujjatlariga kiritilgan o'zgartirishlarga ko'ra, barcha oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda faqat yodlangan tuzdan foydalanilishi belgilandi. 

 

 

S.BERDIQILICHOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti. 

 

Boshqa maqolalar

XODIMDAN KOMMUNAL TOʻLOVLAR UCHUN ISH HAQQIDAN USHLAB

personmaftuna 27-11-24, 03:01
0 XODIMDAN KOMMUNAL TOʻLOVLAR UCHUN ISH HAQQIDAN USHLAB QOLINADIMI?

Mehnat kodeksining 269-moddasiga asosan, umumiy qoidaga ko‘ra xodimning yozma roziligi bilan, xodimning roziligi...

ELEKTR ENERGETIKASI SOHASINI TARTIBGA SOLISH HAQIDA

personmaftuna 24-03-25, 02:49
0 ELEKTR ENERGETIKASI SOHASINI TARTIBGA SOLISH HAQIDA  HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Elektr energetikasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari atrof-muhitga salbiy ta’sirni va issiqxona...

KONSTITUTSIYAVIY QONUN

personmaftuna 29-11-24, 05:09
0 KONSTITUTSIYAVIY QONUN

25.10.2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-982-son Konstitutsiyaviy Qonun qabul...

menu
menu