Kuzatuvchi » Siyosiy » ICHKI ISHLAR ORGANLARINING PATRUL-POST XIZMATI BO'LINMALARI TOMONIDAN SHARTNOMA ASOSIDA JAMOAT TARTIBINI SAQLASH TARTIBI BELGILANDI

ICHKI ISHLAR ORGANLARINING PATRUL-POST XIZMATI BO'LINMALARI TOMONIDAN SHARTNOMA ASOSIDA JAMOAT TARTIBINI SAQLASH TARTIBI BELGILANDI

Hukumat qarori (477-son, 30.07.2025 y.) bilan “Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati bo'linmalari tomonidan fuqarolar gavjum bo'ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha davlat xizmatlarini shartnomaviy-huquqiy asosda ko'rsatish”ning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi. 

     Fuqarolar gavjum bo'ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta'minlash borasidagi tadbirlar ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati bo'linmalari (vakolatli organ) tomonidan ushbu joylarda faoliyat ko'rsatuvchi talabgor bilan tuziladigan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi. 

Talabgor buning uchun vakolatli organ yoki Davlat xizmatlari markaziga murojaat etadi yoxud davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXP (my.gov.uz) da ro'yxatdan o'tadi.

So'rovnoma vakolatli organga kelib tushgandan so'ng 10 ish kuni mobaynida ko'rib chiqiladi.

      Vakolatli organ xodimi talabgor bilan birgalikda fuqarolar gavjum bo'ladigan joyni ko'zdan kechiradi.

       Talabgor tegishligiga ko'ra Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari yoki viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari bilan shartnoma tuzadi.

 

 

                                                                       S.BERDIQILICHOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.

 

Boshqa maqolalar

YOSHGA DOIR PENSIYAGA CHIQMOQCHI BO`LGAN SHAXS MEHNAT

personmaftuna 27-12-24, 16:16
0 YOSHGA DOIR PENSIYAGA CHIQMOQCHI BO`LGAN SHAXS MEHNAT DAFTARCHASINI YO‘QOTGAN BO`LSA ISHLAGAN ISH STAJLARINI QANDAY OLSA BO‘LADI?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.09.2021-yildagi “Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat...

ТАШҚИ САВДО ОПЕРАЦИЯЛАРИ БЎЙИЧА ВАЛЮТА НАЗОРАТИ ЯНАДА

personmaftuna 14-12-24, 15:13
0 ТАШҚИ САВДО ОПЕРАЦИЯЛАРИ БЎЙИЧА ВАЛЮТА НАЗОРАТИ ЯНАДА ТАКОМИЛЛАШТИРИЛАДИ

Фармон (ПФ-156-сон, 14.10.2024 й) билан Президентининг айрим ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди. Унга...

MARKAZIY BANK ASOSIY STAVKA DARAJASINI OʻZGARISHSIZ QOLDIRDI

personmaftuna 21-03-24, 19:05
0 MARKAZIY BANK ASOSIY STAVKA DARAJASINI OʻZGARISHSIZ QOLDIRDI

Markaziy bank boshqaruvining 2024- yil 25- yanvardagi yig ʻ ilishida asosiy stavka yillik 14 foiz darajasida o ʻ...

menu
menu