MARKAZIY BANK ASOSIY STAVKA DARAJASINI OʻZGARISHSIZ QOLDIRDI
Markaziy bank boshqaruvining 2024-yil 25-yanvardagi yigʻilishida asosiy stavka yillik 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirildi.
Iqtisodiyotdagi yuqori talab dinamikasi ta’sirida shakllanayotgan kutilamalarni inobatga olib asosiy stavka darajasi oʻzgarishsiz qoldirildi. Prognozlarga koʻra, inflyatsiya yil yakunida 8-9 foizni tashkil etishi kutilmoqda.
Shakllantirilayotgan pul-kredit sharoitlari inflyatsiyani 5 foizlik target darajasigacha barqaror pasayish trayektoriyasini ta’minlashga qaratilgan.
Umumiy inflyatsiya soʻnggi oylarda 8,8 foiz darajasida saqlanib qoldi. Iste’mol savatidagi tovarlar guruhida inflyatsiyaning pasayishiga qaramasdan, хizmatlar inflyatsiyasi oхirgi chorakda biroz tezlashdi. Bu esa, kelgusida talab tomonidan umumiy inflyatsiyaga oshiruvchi bosimlarning kuchayish ehtimoli mavjudligini koʻrsatadi.
Y.XO‘JAMURATOVA,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ИХТИЁРИЙ ЭКОЛОГИК МАРКИРОВКАЛАШ ТИЗИМИ ТАКОМИЛЛАШТИРИЛАДИ
personmaftuna 01-09-25, 02:05“Ўзбекистон Республикасида маҳсулот ва хизматларни ихтиёрий экологик маркировкалаш тизимини такомиллаштириш...
TELEFON ORQALI ISHDAN BOʻSHASH MUMKINMI?
personmaftuna 28-03-24, 00:32Yoʻq, yoʻl qoʻyilmaydi. Mehnat shartnomasini хodimning tashabbusiga koʻra bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza yozma...
ISH BERUVCHINING HUQUQLARI
personmaftuna 29-09-24, 13:14Mehnat qonunchiligi bo‘yicha, ish beruvchi quyidagi huquqlarga ega: xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish,...