Kuzatuvchi » Siyosiy » DAVLAT XARIDLARI ELEKTRON TIZIMINING OPERATORI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TARTIBI BELGILANDI

DAVLAT XARIDLARI ELEKTRON TIZIMINING OPERATORI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TARTIBI BELGILANDI

Hukumat qarori (476-son, 30.07.2025-y.) bilan “Davlat xaridlari elektron tizimi operatorlari to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi. 

 Nizom davlat xaridlari elektron tizimi operatori faoliyatini tashkil etish, elektron tizimda ma'lumotlarni almashish hamda davlat xaridlari to'g'risidagi ayrim axborotlarni moderatsiyadan o'tkazish tartibini belgilaydi.

 Davlat buyurtmachilarining xaridlarni amalga oshirish va ishtirokchilarning xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etish jarayonlari ularning davlat xaridlari elektron tizimida ro'yxatga olingan paytdan e'tiboran amalga oshiriladi.

 Davlat xaridlari elektron tizimida axborot tizimlari o'rtasida axborot almashinuvi axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga muvofiq sertifikatlangan vositalardan foydalangan holda, himoyalangan aloqa kanallari orqali amalga oshirilishi shart. 

 Bunda davlat xaridlari sohasidagi nazoratni amalga oshiruvchi organlar uchun zarur hujjat va ma'lumotlarni maxsus axborot portali orqali operatordan masofaviy talab qilib olish mexanizmi yo'lga qo'yiladi.

 Insofsiz ijrochilarning yagona reestriga kiritilgan ishtirokchilarning davlat xaridlaridagi ishtiroki davlat xaridlari elektron tizimi tomonidan avtomatik tarzda cheklanadi.

 

                                                                       S.BERDIQILICHOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.

Boshqa maqolalar

TALABALARNING AMALIYOTI DAVRIDA ISH BERUVCHI BILAN MEHNAT

personmaftuna 06-12-24, 11:43
0 TALABALARNING AMALIYOTI DAVRIDA ISH BERUVCHI BILAN MEHNAT MUNOSABATLARI QANDAY TASHKIL ETILADI?

“Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq to‘lanadigan ishlab chiqarish...

OILA VA ХOTIN-QIZLAR QOʻMITASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOM

personmaftuna 19-09-24, 07:04
0 OILA VA ХOTIN-QIZLAR QOʻMITASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOM TASDIQLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.08.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar...

“DINIY BAG‘RIKENGLIK” KO‘KRAK NISHONI TA’SIS ETILDI

personmaftuna 18-03-24, 01:47
0 “DINIY BAG‘RIKENGLIK” KO‘KRAK NISHONI TA’SIS ETILDI

“Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni ta’sis etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil...

menu
menu