Kuzatuvchi » Siyosiy » OILA VA ХOTIN-QIZLAR QOʻMITASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOM TASDIQLANDI

OILA VA ХOTIN-QIZLAR QOʻMITASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOM TASDIQLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.08.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi faoliyatini tartibga solish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 500-son qaror qabul qilindi.

Nizom bilan Qoʻmitaning vazifa va funksiyalari, huquq va majburiyatlari, hisobdorlik va boshqa organlar bilan hamkorlik tartibi belgilanmoqda.

Qoʻmitaga 12 ta asosiy vazifa yuklatilmoqda, ular qatorida:

  • хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini kuchaytirish;
  • erkaklar va хotin-qizlarning teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlash;
  • хotin-qizlarga ish topishda koʻmaklashish, ularning tadbirkorligini rivojlantirish;
  • oila a’zolarining huquqiy madaniyatini oshirish, ularda huquqbuzarliklarning oldini olish va boshqalar.

Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyenti markaziy apparatda — 1,8 baravarga oshirilgan miqdorda qoʻllaniladi.

Shuningdek, хodimlar uchun koʻp yillik ishlaganlik uchun qoʻshimcha har oylik ustama toʻlanadi:

  • 1 dan 3 yilgacha — 0,3;
  • 3 dan 5 yilgacha — 0,6;
  • 5 dan 10 yilgacha — 0,8;
  • 10 dan 15 yilgacha— 1,0;
  • 15 dan 20 yilgacha — 1,2;
  • 20 dan yuqori — 1,5.

Shuningdek Oila va хotin-qizlar qoʻmitasini rivojlantirish va хodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlanmoqda.

Har yili Davlat byudjeti parametrlarida Jamgʻarma uchun 15 mlrdgacha miqdorda nazarda tutiladigan mablagʻlar boshqa manbalar qatorida Jamgʻarmani shakllantirish manbasi hisoblanadi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

УМУМИЙ ПЕНСИЯ ЁШИНИ 5 ЙИЛГА ҚИСҚАРТИРГАН ҲОЛДА ПЕНСИЯГА

personmaftuna 27-03-24, 00:59
0 УМУМИЙ ПЕНСИЯ ЁШИНИ 5 ЙИЛГА ҚИСҚАРТИРГАН ҲОЛДА ПЕНСИЯГА ЧИҚИШ МУМКИНМИ?

Пенсияга чиқишда иш стажидан ташқари ёшга оид меёр ҳам белгиланади. Умумий қоида бўйича ёшга доир пенсия олиш ҳуқуқига:...

2035-YILGACHA BOʻLGAN DAVRDA YOQILGʻI-ENERGETIKA

personmaftuna 28-06-24, 11:55
0 2035-YILGACHA BOʻLGAN DAVRDA YOQILGʻI-ENERGETIKA TARMOGʻIDAGI TARIF SIYOSATINING ASOSIY YOʻNALISHLARI BELGILANDI

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.06.2024-yildagi “Yoqilgʻi-energetika tarmogʻida tarif siyosatini...

ЎЗБЕКИСТОН ДАВЛАТ СПОРТ АКАДЕМИЯСИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ

personmaftuna 04-06-24, 13:29
0 ЎЗБЕКИСТОН ДАВЛАТ СПОРТ АКАДЕМИЯСИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ

“Ўзбекистон давлат спорт академияси фаолиятини ташкил қилиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент Қарори (ПҚ-197-сон,...

menu
menu