Kuzatuvchi » Siyosiy » “DINIY BAG‘RIKENGLIK” KO‘KRAK NISHONI TA’SIS ETILDI

“DINIY BAG‘RIKENGLIK” KO‘KRAK NISHONI TA’SIS ETILDI

“Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni ta’sis etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-sentyabrda 459-sonli qarori   qabul qilingan.

Ko‘krak nishoni bilan atoqli davlat va jamoat arboblari, diniy-ijtimoiy sohadagi rahbarlar va yetuk ulamolar, davlat tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlar xodimlari, xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalarning vakillari, xorijiy arboblar va olimlar taqdirlanadi.

Shuningdek, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham ko‘krak nishon bilan taqdirlanishi mumkin.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarga nomzod haqida quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

-nomzod haqida maʼlumotnoma;

-nomzodning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (fuqarolik pasporti yoki ID-karta);

-nomzodning so‘nggi 3 yil davomida diniy-maʼrifiy sohaning samaradorligini oshirish, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini taʼminlash, dinlararo va konfessiyalararo totuvlik va bag‘rikenglikni mustahkamlash borasida amalga oshirgan ishlari aks ettirilgan tavsifnoma.

Ko‘krak nishoni har yili 16 noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni arafasida tantanali tarzda topshiriladi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari (1 mln 320 ming so‘m) miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

Boshqa maqolalar

KASBIGA NISBATAN SOVUQQONLIK JAVOBGARLIKKA SABAB BO‘LADI

personmaftuna 10-12-24, 09:34
0 KASBIGA NISBATAN SOVUQQONLIK JAVOBGARLIKKA SABAB BO‘LADI

Shaxsning o‘z kasbiga nisbatan beparvoligi yoki insofsizlik bilan munosabatda bo‘lishi tufayli kasb yuzasidan o‘z...

TILXAT HAM SHARTNOMA O‘RNIGA O‘TADI

personmaftuna 27-06-24, 23:48
0 TILXAT HAM SHARTNOMA O‘RNIGA O‘TADI

Qarz berayotganda uni oddiy yozma shartnoma bilan rasmiylashtirish kerak. Qarzning miqdori BHMning 10 baravaridan (3...

ISHXONAMIZDA XODIMLARNING ISH HAQIDAN USHLAB QOLISH

personmaftuna 13-12-24, 09:59
0 ISHXONAMIZDA XODIMLARNING ISH HAQIDAN USHLAB QOLISH HOLATLARI TEZ-TEZ TAKRORLANMOQDA. BU QANCHALIK ASOSLI?

Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasi mehnat munosabatlariga bag‘ishlangan bo‘lib, unga ko‘ra har kim munosib...

menu
menu