KONSTITUTSIYAVIY QONUN
25.10.2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-982-son Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi
Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi – ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi bo‘lib, iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma'naviy sohalarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga rahbarlik qilishni, Konstitutsiya va qonunlar, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekistonda ijro etuvchi hokimiyatning yagona tizimiga rahbarlik qiladigan kollegial organdir.
Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida Oliy Majlis va Prezident oldida javobgardir.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimiga vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar kiradi.
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Hukumatining a’zolari – Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari va vazirlardan iboratdir. Qoraqalpog'iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi.
M. SADIKOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
DEHQONCHILIK UCHUN YERLAR AHOLIGA 30 YILGA IJARAGA BERILADI?
personmaftuna 30-09-24, 22:26Prezidentning 10.09.2022-yil kungi PQ-373-son “Dehqon xo‘jaliklari tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi...
TALABALAR HAM ISHLASHI MUMKINMI?
personmaftuna 10-12-24, 11:59Talaba o‘qishdan bo‘sh vaqti bemalol ishlashi mumkin. Mehnat kodeksining 383-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi mehnat...
XORAZMDA MEHMONXONA QURISH UCHUN INVESTORLARGA SUBSIDIYA
personmaftuna 28-04-25, 11:40Hukumat qarori bilan “Xorazm viloyatida yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun investorlarga O'zbekiston...