Kuzatuvchi » Siyosiy » TALABALAR HAM ISHLASHI MUMKINMI?

TALABALAR HAM ISHLASHI MUMKINMI?

Talaba o‘qishdan bo‘sh vaqti bemalol ishlashi mumkin. Mehnat kodeksining 383-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi mehnat shartnomasi bo‘yicha ishdan ajralmagan holda ta’lim tashkilotlarida o‘qitilayotgan, qayta tayyorlashdan yoki malaka oshirishdan o‘tayotgan, shuningdek ishlab chiqarish ta’limini o‘tayotgan xodimlarga ish va o‘qishni birga olib borish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi shart.

Qonunchiligimizga ko‘ra, kunduzgi ta’limdagi talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida kunning ikkinchi yarmida oliy o‘quv yurti va boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi tuzgan holda ishlashlari mumkinligi aytilgan. Lekin buni ish beruvchilar talabalarga faqat kunning ikkinchi yarmidagina ishlashga ruxsat berilgan, deb tushunmasligi kerak. Chunki boshqa yuqori turuvchi va ustuvor qonun hujjatlaridagi umumnormalar har qanday shaxslarning, jumladan, talabalarning mehnat qilish huquqini ham birdek e’tirof etadi.

 

M. SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

 

Boshqa maqolalar

DAVLAT IT-PARK REZIDENTLARINI QANDAY QOʻLLAB-QUVVATLAYDI?

personmaftuna 28-10-24, 15:25
0 DAVLAT IT-PARK REZIDENTLARINI QANDAY QOʻLLAB-QUVVATLAYDI?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 14.10.2024-yildagi “Raqamlashtirish sohasida eksport faoliyati bilan...

ELEKTR ENERGETIKASI SOHASINI TARTIBGA SOLISH HAQIDA

personmaftuna 24-03-25, 02:49
0 ELEKTR ENERGETIKASI SOHASINI TARTIBGA SOLISH HAQIDA  HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Elektr energetikasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari atrof-muhitga salbiy ta’sirni va issiqxona...

OTA-ONANI TA’MINLASHDAN BO‘YIN TOVLASH JAVOBGARLIKKA SABAB

personmaftuna 17-12-24, 10:55
0 OTA-ONANI TA’MINLASHDAN BO‘YIN TOVLASH JAVOBGARLIKKA SABAB BO‘LADI

Ota-onani rozi qilish, keksaygan vaqtlarida ularning haqini ado qilish har bir farzandning vazifasidir. Mahallamizda...

menu
menu