TALABALAR HAM ISHLASHI MUMKINMI?
Talaba o‘qishdan bo‘sh vaqti bemalol ishlashi mumkin. Mehnat kodeksining 383-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi mehnat shartnomasi bo‘yicha ishdan ajralmagan holda ta’lim tashkilotlarida o‘qitilayotgan, qayta tayyorlashdan yoki malaka oshirishdan o‘tayotgan, shuningdek ishlab chiqarish ta’limini o‘tayotgan xodimlarga ish va o‘qishni birga olib borish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi shart.
Qonunchiligimizga ko‘ra, kunduzgi ta’limdagi talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida kunning ikkinchi yarmida oliy o‘quv yurti va boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi tuzgan holda ishlashlari mumkinligi aytilgan. Lekin buni ish beruvchilar talabalarga faqat kunning ikkinchi yarmidagina ishlashga ruxsat berilgan, deb tushunmasligi kerak. Chunki boshqa yuqori turuvchi va ustuvor qonun hujjatlaridagi umumnormalar har qanday shaxslarning, jumladan, talabalarning mehnat qilish huquqini ham birdek e’tirof etadi.
M. SADIKOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
NIKOH TUZISH TARTIBI
personmaftuna 29-06-24, 09:07Oila kodeksining 13-moddasiga asosan, nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi. Diniy...
НОГИРОНЛИГИ БЎЛГАН БОЛАНИНГ ОНАСИГА ПЕНСИЯ ТАЙИНЛАШДА
personmaftuna 08-06-25, 16:10Ногиронлиги бўлган болаларнинг оналарига қуйидаги имтиёзлар берилган: 1.Ногиронлиги бўлган фарзандини 8 ёшгача тарбия...
KUCHLI TA'SIR QILUVCHI MODDALARNI INTERNETDA TARQATISH,
personmaftuna 26-12-24, 12:55Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-971-son, 05.10.2024 y.) bilan ayrim kodekslarga o'zgartirish va...