Kuzatuvchi » Siyosiy » AUKSIONNI O‘TKAZISH TARTIBINI BILASIZMI?

AUKSIONNI O‘TKAZISH TARTIBINI BILASIZMI?

O‘zbekiston Respublikasining  Davlat xaridlari to‘g‘risida qonuni 12.03.2021-yil qonunining 54-moddasiga asosan. Auksion davlat xaridlarining elektron tizimida boshlang‘ich narxni qadam-baqadam pasaytirish yo‘li bilan o‘tkaziladi.

Auksionni o‘tkazish, kiritilgan ta’minot summasiga muvofiq har bir lot bo‘yicha auksiondan foydalanish, auksion g‘oliblarini aniqlash, bitimni ro‘yxatdan o‘tkazish va shartnomani shakllantirish davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan avtomatik rejimda amalga oshiriladi.

Auksionni o‘tkazish chog‘ida ishtirokchilar auksion boshlangan paytdan e’tiboran va u tamom bo‘ladigan paytga qadar butun muddat ichida narx bo‘yicha takliflarni cheklanmagan miqdorda berishga haqli.

Ishtirokchilarning nomi va ular bilan bog‘lanishga doir ma’lumotlar auksion g‘olibi aniqlanadigan paytga qadar davlat xaridlarining elektron tizimida aks ettirilmaydi.

Auksion tugaydigan vaqt kelganda davlat xaridlarining elektron tizimi auksion o‘tkazilgan vaqt davomida berilgan takliflar orasida eng past narxni taklif qilgan taklifni avtomatik ravishda aniqlab oladi. Eng past narx ko‘rsatilgan taklifni bergan ishtirokchi auksion g‘olibi sifatida davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan saralab olinadi. Ijrochining nomi davlat xaridlarining elektron tizimida aks ettirilib, ushbu tizim tuzilgan bitimni avtomatik ravishda qayd etadi va davlat buyurtmachisining buyurtmanomasida bayon etilgan shartlarga muvofiq shartnomani shakllantiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berish

 

R.AMINOV,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

NOGIRONLIKNI BELGILASH OSONLASHTIRILADI

personmaftuna 30-09-24, 07:20
0 NOGIRONLIKNI BELGILASH OSONLASHTIRILADI

Nogironlikni belgilash osonlashtiriladi. Qonunchilikka ko'ra, Toshkent shahri va Navoiy viloyatida bosqichma-bosqich...

ЭР-ХОТИН ҚАНДАЙ ҲОЛЛАРДА ЎЗЛАРИНИНГ ТАЪМИНОТИ УЧУН

personmaftuna 30-09-24, 16:28
0 ЭР-ХОТИН ҚАНДАЙ ҲОЛЛАРДА ЎЗЛАРИНИНГ ТАЪМИНОТИ УЧУН БИР-БИРИДАН АЛИМЕНТ ТАЛАБ ҚИЛИШИ МУМКИН ?

Оила кодексининг 118-моддасига кўра, қуйидаги ҳолларда собиқ эр-хотиндан бири етарли маблағга эга бўлган иккинчисидан...

BILASIZMI?

personmaftuna 18-09-24, 19:14
0 BILASIZMI?

Qonunchilikka ko‘ra, raqobatchini obro‘sizlantirish, ya’ni bosma yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan matnlarda yoki...

menu
menu