Kuzatuvchi » Siyosiy » MAVSUMIY, VAQTINCHALIK, UY ISHLARI XODIMLARI HUQUQLARI

MAVSUMIY, VAQTINCHALIK, UY ISHLARI XODIMLARI HUQUQLARI

Uy ishchilarini ishga qabul qilishga ular 16 yoshga to‘lganida yo‘l qo‘yiladi. Mavsumiy ishlarda band bo‘lgan xodimlar uchun ishga qabul qilish chog‘ida sinov muddati belgilanmaydi. 

1. Mavsumiy ishlardagi xodimlar huquqlari

Olti oydan oshmaydigan iqlim va boshqa tabiiy sharoitlar tufayli muayyan davr (mavsum) davomida bajariladigan ishlar mavsumiy ishlar hisoblanadi.

Mavsumiy ishlarda band bo‘lgan xodimlar uchun:

– ishga qabul qilish chog‘ida sinov muddati belgilanmaydi;

– mavsumiy xodimlar ishning har bir oyi uchun kamida ikki kalendar kun hisobidan haq to‘lanadigan mehnat ta’tili olish huquqiga ega;

– to‘liq mavsum ishlagan bo‘lsa, mehnat shartnomasini bekor qilgan holda haq to‘lanadigan mehnat ta’tili olishi, xohishiga ko‘ra pulli kompensatsiya almashtirishi huquqiga ega.

2. Vaqtinchalik ishlarda band bo‘lgan shaxslar deb kimlarga aytiladi?

Ikki oygacha bo‘lgan muddatga ishga qabul qilingan shaxslar vaqtinchalik ishlarda band bo‘lgan shaxslardir:

Vaqtinchalik ishlarda band bo‘lgan xodimlar uchun:

– ishga qabul qilish chog‘ida dastlabki sinov belgilanmaydi;

– dam olish kunlarida va ishlanmaydigan bayramlar kunlarida o‘z yozma roziligiga ko‘ra ishga jalb qilinishi mumkin, bunda ikki hissa  miqdorida pul shaklida kompensatsiya qilinadi;

– ishning har bir oyi uchun kamida ikki kalendar kun hisobidan haq to‘lanadigan mehnat ta’tili olish huquqiga ega.

Jamoa shartnomasida yoki mehnat shartnomasida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, vaqtinchalik xodimga mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanmaydi.

3. Transport sohasi xodimlari mehnatining o‘ziga xos xususiyatlari

Transport xodimi sifatida kasbiy tayyorgarlikdan o‘tgan va kasbiy tayyorgarlikdan o‘tganligi tegishli hujjat (diplom, shahodatnoma, guvohnoma va hokazo) bilan tasdiqlangan shaxslar qabul qilinadi.

Transport xodimlari ishga qabul qilinish chog‘ida (dastlabki) va ish jarayonida (davriy) majburiy tibbiy ko‘riklardan o‘tadi.

Transport xodimlariga transport vositalarini boshqarish yoki transport vositalarining harakatlanishini boshqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ishda o‘rindoshlik asosida ishlashga ruxsat etilmaydi.

4. Pedagog xodimlar mehnatining o‘ziga xos xususiyatlari

Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlarning bolalarni o‘qitish yoki tarbiyalash bilan bevosita shug‘ullanuvchi pedagog xodimlari va boshqa xodimlari dastlabki tarzda (ishga qabul qilish chog‘ida) va davriy (ish jarayonida) majburiy tibbiy ko‘riklardan o‘tadi.

Pedagog xodimlarni oliy ta’lim tashkilotlariga kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent), stajor-o‘qituvchi lavozimlariga ishga qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi, soatbay haq to‘lanishi shartlari asosida o‘qituvchilik ishiga kirayotgan shaxslar tanlovsiz, oliy ta’lim tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan ishga qabul qilinadi.

Ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlariga haftasiga o‘ttiz olti soatdan ortiq bo‘lmagan ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi belgilanadi va yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili beriladi.

5. Tibbiyot xodimlari mehnatining o‘ziga xos xususiyatlari

Tibbiyot xodimlari uchun 36 (o‘ttiz olti) soatdan ortiq bo‘lmagan qisqartirilgan ish vaqti qo‘llaniladi.

Agar shifokorning mutaxassisligi bo‘yicha ish stajida uch yil yoki undan ortiq tanaffus mavjud bo‘lsa (ijtimoiy ta’tillar, tibbiyotga ixtisoslashmagan mutaxassislikda ishlash, uzoq davom etgan kasallik, nogironlik va boshqalar), shifokor o‘z kasbiy faoliyatini qayta boshlashdan oldin avvalgi yillarda olinganligi to‘g‘risida hujjat bilan tasdiqlangan mavjud bazaviy, asosiy yoki qo‘shimcha mutaxassislikka muvofiq ixtisoslashuv kurslaridan o‘tishi shart.

6. Uy ishchilarining mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari

Ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxslarga ularning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun ishlarni bajaruvchi, xizmatlar ko‘rsatuvchi xodimlar (bog‘bonlar, enagalar, qorovullar, oqsochlar, haydovchilar va boshqalar) uy ishchilaridir.

Uy ishchilarini ishga qabul qilishga ular o‘n olti yoshga to‘lganida yo‘l qo‘yiladi. Ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxs tomonidan yozma shaklda tuziladigan mehnat shartnomasi uy ishchisi bilan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar yuzaga kelishiga asos bo‘ladi.

Qolgan barcha holatlarda yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollanma xodimlarga tadbiq etiladilagan qoidalar tadbiq etiladi.

 

M. SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

Boshqa maqolalar

DAM OLISH KUNLARIDA YOKI ISHLANMAYDIGAN BAYRAM KUNLARIDA

personmaftuna 16-12-24, 18:53
0 DAM OLISH KUNLARIDA YOKI ISHLANMAYDIGAN BAYRAM KUNLARIDA MEHNATGA HAQ TO‘LASH TARTIBI QANDAY?

Mehnat kodeksiga ko‘ra, belgilangan tartibda ish beruvchi tomonidan xodimga dam olish kunlarida yoki ishlanmaydigan...

BILASIZMI?

personmaftuna 18-09-24, 19:55
0 BILASIZMI?

Tibbiyot muassasalari tomonidan tug‘ilganlik FHDYo bo‘limlarida qayd qilinganligi haqida QR-kodli ma’lumotnoma...

MIRANDA QOIDASI: SUKUT SAQLASH NIMAGA KERAK?

personmaftuna 27-06-24, 23:56
0 MIRANDA QOIDASI: SUKUT SAQLASH NIMAGA KERAK?

Maʼlumki, shaxs jinoyatda gumon qilinib, ushlanishi zahoti unga sukut saqlash huquqi borligini tushuntirib, “Aytgan har...

menu
menu