DAM OLISH KUNLARI ISHLAGAN HODIMLARGA IKKI XISSA OYLIK TO‘LANISHI KERAK.
Qonunchilikka ko‘ra, dam olish kunlari yoki ishlanmaydigan bayram kunlari uchun kamida ikki hissa haq to‘lanadi.Ichki hujjatlarda ikki hissadan ko‘proq haq to‘lanishi belgilanishi mumkin.Dam olish kunidagi yoki ishlanmaydigan bayram kunidagi ish xodimning xohishiga ko‘ra boshqa dam olish kunini berish bilan kompensatsiya qilinishi mumkin.Dam olish yoki ishlanmaydigan bayram kunidagi ish uchun xodimga o‘zining xohishiga ko‘ra boshqa dam olish kuni berilishi mumkin.Bunda xodimga bir hissa haq to‘lanadi.Xodim jadvalga yoki mehnat shartnomasiga muvofiq umumiy belgilangan dam olish kunlarida (besh kunlik ish haftasida shanba yoki yakshanba kunlari yoki olti kunlik ish haftasida yakshanba kuni) ishlasa, dam olish kunlari esa unga boshqa kunda berilsa, umumiy dam olish kunlaridagi ish uchun bir hissa haq to‘lanadi.
R.AMINOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
MALAKA OSHIRISH
personmaftuna 27-11-24, 02:54Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-son qarori bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz...
KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH ORGANLARI YANA BIR
personmaftuna 12-12-24, 00:41Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari qarzdorlikni sud orqali undirishda oldindan davlat bojini to‘lashdan ozod...
SUDGA MUROJAAT QILISHDA QANDAY IMTIYOZLAR BOR?
personmaftuna 30-09-24, 21:58Ma'lumki, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan sudlarga murojaat qilinganda davlat boji va pochta harajatlarini...