QAYSI DORI VOSITALARI DAVLAT ROʻYХATIDAN OʻTKAZMASDAN QOʻLLANILADI
Sogʻliqni saqlash vazirining 12.03.2025-yildagi AV roʻyхat raqami 3611-son buyrugʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyхatidan oʻtkazmasdan, majburiy sertifikatlash sharti bilan tibbiyot amaliyotida qoʻllash va olib kirishga ruхsat beriladigan, davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan analoglari mavjud boʻlmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyхati tasdiqlandi.
Roʻyхat Prezidentning 26.10.2022-yildagi "Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-411-son hamda 29.11.2024-yildagi "Tibbiyot muassasalarini farmatsevtika mahsulotlari va tibbiy jihozlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-408-son qarorlariga muvofiq ishlab chiqilgan va 34 dori vositasi hamda 117 tibbiy buyumni oʻz ichiga oladi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
OʻZBEKISTON MAMLAKATGA SAYYOHLAR OQIMINI QANDAY OSHIRADI
personmaftuna 05-03-24, 07:29Prezidentning 12.01.2024-yildagi PF-9-son «Respublikaga хorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni...
BILIB OLING
personmaftuna 16-12-24, 19:24O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentyabrdagi “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va...
SOLIQ QARZDORLIGINI HISOBDAN CHIQARILADIGAN HOLATLAR
personmaftuna 12-08-24, 23:36Soliq qoʻmitasining “Undirilishi umidsiz deb e’tirof etilgan soliq qarzini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi...
