BILIB OLING
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentyabrdagi “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-220-son Farmoniga muvofiq, qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini toʻliq toʻlagan holda ularni xarid qilgan va oʻrnatgan isteʼmolchilarga xarid xarajatlarining bir qismi quyidagi miqdorlarda Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi hisobidan kompensatsiya qilinadi:
Quyosh yoki shamol elektr stansiyasini oʻrnatganlik uchun kompensatsiyalar miqdori oʻrnatilgan quvvati:
0,5 kVtdan 1 kVtgacha boʻlganda BHMning 7 barobar (2 mln 380 ming soʻm);
1 kVtdan 1,5 kVtgacha boʻlganda BHMning 10 barobar (3 mln 400 ming soʻm);
1,5 kVtdan 2 kVtgacha boʻlganda BHMning 15 barobar (5 mln 100 ming soʻm);
2 kVt va undan yuqori boʻlganda BHMning 20 barobar (6 mln 800 ming soʻm);
5 kVt va undan yuqori boʻlganda BHMning 50 barobar (17 mln soʻm, faqatgina yangi yerlar oʻzlashtirilganda va tik quduqlarda oʻrnatilgan suv nasoslarining elektr energiyasi isteʼmoli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari orqali taʼminlanganda).
Zuhra BEGOVA,
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi huquqiy axborot sho‘basi bosh maslahatchisi.
Boshqa maqolalar
IQTISODIYOT TARMOQLARIDA KOSMIK MONITORING QANDAY
personmaftuna 20-02-25, 11:38O ‘ zbekiston Respublikasi Prezidentning 14.10.2024-yildagi “2024-2026-yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik te...
BO'SH TURGAN DAVLAT KO'CHMAS MULK OBYEKTLARIDAN SAMARALI
personmaftuna 20-06-25, 13:45Hukumat qarori (247-son, 21.04.2025-y.) bilan “Bo'sh turgan davlat ko'chmas mulk obyektlarini xatlovdan o'tkazish va...
DAVLAT IJTIMOIY BUYURTMALARI HAQIDAGI E’LONLAR DAVLAT
personmaftuna 15-05-24, 01:39O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.03.2024-yildagi VMQ-152-sonli “Ijtimoiy sheriklik me х anizmlarining...