Kuzatuvchi » Siyosiy » ZO‘RAVONLIKDAN JABRLANGAN BOLALARGA HIMOYA ORDERI BERISH TARTIBI YO‘LGA QO‘YILMOQDA

ZO‘RAVONLIKDAN JABRLANGAN BOLALARGA HIMOYA ORDERI BERISH TARTIBI YO‘LGA QO‘YILMOQDA

Qonunga ko'ra, quyidagilar bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning shakllaridir:

  • jismoniy zo‘ravonlik;
  • jinsiy zo‘ravonlik; 
  • ruhiy zo‘ravonlik; 
  • g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik;
  • ekspluatatsiya qilish;
  • ta'qib etish (bulling). 

Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha shakllari taqiqlanadi hamda qonun bilan ta'qib qilinadi.

Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi subyektlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani);
  • Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi;
  • prokuratura organlari;
  • ichki ishlar organlari;
  • O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari;
  • O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi;
  • ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari va ta’lim muassasalari, nodavlat ta’lim tashkilotlari;
  • davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari;
  • mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari;
  • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari.

Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish qonunchilikka muvofiq boshqa davlat organlari va tashkilotlar tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.

Davlat bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish uchun tegishli huquqiy, ma'muriy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa choralarni ko‘radi.

Qonunga muvofiq: 

  • zo'ravonlikdan jabrlanuvchilarning huquqlari belgilanmoqda;
  • bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish bo‘yicha yakka tartibdagi chora-tadbirlar belgilanib, jumladan, zo‘ravonlikdan jabrlanganlarga himoya orderi berish tartibi yo‘lga qo‘yilmoqda. 

Shunga ko‘ra, himoya orderi ichki ishlar organlari tomonidan beriladi va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga yoki uning qonuniy vakiliga vakolatli davlat organi ishtirokida topshiriladi.

Himoya orderi 30 kun muddatgacha beriladi va rasmiylashtirilgan paytdan e'tiboran kuchga kiradi.

Manba: O‘RQ–996-son, 14.11.2024-y.

 

Zuhra BEGOVA,

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi huquqiy axborot sho‘basi bosh maslahatchisi.

 

Boshqa maqolalar

АҲОЛИГА БЕРИЛГАН ИПОТЕКА КРЕДИТЛАРИНИ ТАКРОР МОЛИЯЛАШТИРИШ

personmaftuna 19-03-25, 06:07
0 АҲОЛИГА БЕРИЛГАН ИПОТЕКА КРЕДИТЛАРИНИ ТАКРОР МОЛИЯЛАШТИРИШ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЯРАТИЛАДИ

Қонун (ЎРҚ-1028-сон, 12.02.2025 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди. Қонун билан...

ISHLAYDIGAN OTA-ONADAN BIRIGA BOLANI OVQATLANTIRISH UCHUN

personmaftuna 20-11-24, 01:13
0 ISHLAYDIGAN OTA-ONADAN BIRIGA BOLANI OVQATLANTIRISH UCHUN TANAFFUS BERILADI

2 yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga) bolani ovqatlantirish uchun (o‘ziga berilgan dam olish va...

AYOLLAR DAFTARIGA KIMLAR KIRITILADI?

personmaftuna 13-12-24, 11:10
0 AYOLLAR DAFTARIGA KIMLAR KIRITILADI?

“Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi: 🔹 ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz...

menu
menu