Kuzatuvchi » Siyosiy » VOSITACHILIK SHARTNOMASI

VOSITACHILIK SHARTNOMASI

Vositachilik shartnomasi bo‘yicha bir taraf vositachi ikkinchi tarafning komitent topshirig‘i bo‘yicha o‘z nomidan, biroq komitent hisobidan bir yoki bir necha bitimni haq evaziga tuzish majburiyatini oladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, vositachilik shartnomasi yozma ravishda tuzilishi shart. Vositachi tomonidan uchinchi shaxs bilan tuzilgan bitim bo‘yicha, garchi bitimda komitentning nomi tilga olingan yoki u bitimni bajarish bo‘yicha uchinchi shaxs bilan bevosita munosabatlarga kirishgan bo‘lsa ham, vositachi huquqlarga ega bo‘ladi va zimmasiga majburiyat olishi belgilangan.

Vositachilik shartnomasi muayyan muddatga yoki amal qilish muddati ko‘rsatilmagan holda, qaysi hududda bajarilishi ko‘rsatilgan yoki ko‘rsatilmagan holda, komitent vositachiga topshirgan komitentning manfaatlarini ko‘zlab va uning hisobidan bitim tuzish huquqini uchinchi shaxslarga bermaslik haqida majburiyat olgan holda yoki bunday majburiyatni olmagan holda, vositachilik narsasi bo‘lgan tovarlarning assortimenti xususida shartlar qo‘yilgan yoki qo‘yilmagan holda tuzilishi mumkin.

Agar vositachilik shartnomasi komitentga bog‘liq sabablar bilan bajarilmagan bo‘lsa, vositachi vositachilik haqiga, shuningdek qilingan xarajatlarning qoplanishiga bo‘lgan huquqini saqlab qoladi.

 

 

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

Boshqa maqolalar

“UMRA” TADBIRLARINI TASHKIL ETISH VA O'TKAZISH

personmaftuna 23-06-25, 02:31
0 “UMRA” TADBIRLARINI TASHKIL ETISH VA O'TKAZISH LITSENZIYALANADIGAN FAOLIYATNING ALOHIDA TURI SIFATIDA BELGILANDI

Prezident tomonidan imzolangan O'RQ-935-son Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar...

ЙЎЛ ҲАРАКАТИ ҚОИДАБУЗАРЛИКЛАРНИ ЖАРИМА БАЛЛАРИ АСОСИДА

personmaftuna 05-06-25, 13:44
0 ЙЎЛ ҲАРАКАТИ ҚОИДАБУЗАРЛИКЛАРНИ ЖАРИМА БАЛЛАРИ АСОСИДА БАҲОЛАШ ТАРТИБИ БЕЛГИЛАНДИ

Ҳукумат қарори (296-сон, 06.05.2025 й.) билан “Йўл ҳаракати қоидабузарликларни жарима баллари асосида баҳолаш тартиби...

O‘RINDOSHLIK ASOSIDA ISHLASHGA DOIR CHEKLOVLAR

personmaftuna 24-01-24, 18:11
0 O‘RINDOSHLIK ASOSIDA ISHLASHGA DOIR CHEKLOVLAR

18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarning noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda o‘rindoshlik asosida ishlashiga, agar...

menu
menu