AVTOTRANSPORTNI QAYTA ROʻYХATDAN OʻTKAZISH STAVKALARI KESKIN PASAYMOQDA
Ichki ishlar vazirining “Roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qat’iy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyхatdan oʻtkazishda, qayta roʻyхatdan oʻtkazishda, majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan toʻlovlar stavkalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi qabul qilindi (03.05.2024 yil, AVdagi roʻyхat raqami 2303-6).
Kiritilayotgan oʻzgartirishlarga muvofiq, avtotransport vositalari, elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport vositalari tirkamalarini qayta roʻyхatdan oʻtkazish uchun toʻlov stavkasi BHMning 10% miqdorida belgilanmoqda.
Ilgari elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport vositalari tirkamalarini qayta roʻyхatdan oʻtkazish uchun BHMning 1,5 baravari, boshqa avtotransportlar uchun esa – BHMning 6,84 baravari miqdorida toʻlov amalga oshirilgan.
Urganch shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGIDA VAZIR MASLAHATCHISI LAVOZIMI
personmaftuna 12-08-24, 23:04Prezidentning 16.07.2024-yildagi "Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar...
O‘QUV KURSLARIDAN CHETLATISH
personmaftuna 26-09-24, 02:09Tinglovchi quyidagi hollarda tinglovchilar safidan chetlashtirilishi mumkin: o‘z xohishiga binoan, o‘quv intizomini va...
MAKTABGACHA TA’LIM VA TARBIYA DAVLAT STANDARTI HAQIDA
personmaftuna 28-06-24, 17:11O‘zbekiston Respublikasining “ Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida ”gi qonunining 3-moddasiga asosan....