XUSUSIY OLIY TA’LIM MUASSASASIDAN DAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASASIGA O‘QISHNI KO‘CHIRISH MUMKINMI?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi “Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-279-son qarori 7-bandiga ko‘ra talabalar o‘qishini respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan:
davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan tartibda;
davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish o‘rnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik to‘lov asosida amalga oshiriladi.
Mazkur bandning “a” kichik bandiga asosan
a) xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan (jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta o‘rindan birini egallagan) oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishda:
talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi. Bunda, kasbiy (ijodiy) imtihonlar tegishli oliy ta’lim muassasasi tomonidan, test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladi;
test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘yicha o‘tish ballari har yili 15-iyulga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi;
o‘tish balidan past ball to‘plagan talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi;
test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari Bilim va malakalarni baholash agentligi hamda tegishli oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi;
Shunday ekan, yuqoridagi talablar asosida xususiy oliy ta’lim muassasasidan davlat oliy ta’lim muassasasiga o‘qishni ko‘chirish mumkin.
Zuhra BEGOVA,
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi huquqiy axborot sho‘basi bosh maslahatchisi.
Boshqa maqolalar
ISHNI O‘QISH BILAN BIRGA OLIB BORAYOTGAN XODIMLARGA
personmaftuna 13-12-24, 10:17Ishni o‘qish bilan birga olib borayotgan xodimlarga kafolatlar va kompensatsiyalar birinchi marta tegishli darajadagi...
JINOYAT ISHLARI BO‘YICHA TUMAN, SHAHAR SUDLARIDA TERGOV
personmaftuna 29-06-24, 09:37Prezidentning 10.06.2024-yil kungi PF-89-son “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini...
XORIJGA CHIQISH BIOMETRIK PASPORTINI POCHTA XIZMATI ORQALI
personmaftuna 10-12-24, 10:39Qaror (PQ-380-son, 04.11.2024-y.) bilan Prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga...