BOLALAR SARATONI BO'YICHA XALQARO AKADEMIK XAB TASHKIL ETILADI
2025-yil 1-iyulgacha “Elektron sog'liqni saqlash” axborot tizimida onkologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan bolalarni ro'yxatga olish, tashxislash, davolash, dispanser kuzatuvi hamda yo'naltirish jarayonlarini o'z ichiga olgan bemorlarning raqamlashtirilgan marshruti joriy etiladi.
Bunda shifokor qabuliga masofadan yozilish hamda onlayn konsultatsiyalar o'tkazish imkoniyati yaratiladi.
-2025-yil yakunigacha Strategiyani joriy etish loyihasini amalga oshirish doirasida sun'iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi.
Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzurida Bolalar saratoni bo'yicha xalqaro akademik xab (Akademik xab) tashkil etiladi.
Akademik xab ilmiy-ta'lim muassasasi hisoblanadi hamda unga quyidagi asosiy vazifalar yuklatiladi, jumladan:
-xalqaro sertifikatlashtirish va uzluksiz tibbiy ta'lim tizimi bo'yicha ballar to'plash standartlariga mos keladigan xalqaro ta'lim dasturlarini joriy etish;
-strategik rejalashtirish va profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun bolalar saratoni bilan kasallanishning epidemiologik tendensiyalarini tahlil qilish va prognozlash.
Yangibozor tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
DAVLAT BOJI TURLARI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?
personmaftuna 21-03-25, 16:08Davlat boji yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli...
XALQARO IMTIHON TIZIMLARI BO‘YICHA YUQORI BALL (DARAJA)
personmaftuna 19-01-24, 19:48Xizmatdan foydalanish uchun ariza beruvchi istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiladi yoki...
ISLOM TARAQQIYOT BANKI TADBIRKORLARNI QOʻLLAB-QUVVATLAYDI
personmaftuna 12-02-25, 01:08Vazirlar Mahkamasi 30.12.2024-yilda "Islom taraqqiyot banki ishtirokida "Kichik va oʻrta kor х onalarning iqtisodiy...