Kuzatuvchi » Siyosiy » BO'SH TURGAN DAVLAT KO'CHMAS MULK OBYEKTLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH TASHKIL ETILADI

BO'SH TURGAN DAVLAT KO'CHMAS MULK OBYEKTLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH TASHKIL ETILADI

Hukumat qarori (247-son, 21.04.2025-y.) bilan “Bo'sh turgan davlat ko'chmas mulk obyektlarini xatlovdan o'tkazish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida” gi nizom tasdiqlandi.

Nizom noturar bo'lgan bo'sh turgan davlat ko'chmas mulk obyektlarini aniqlash va xatlovdan o'tkazish, xatlov natijalarini rasmiylashtirish, bo'sh turgan davlat ko'chmas mulk obyektlaridan samarali foydalanish mezonlari va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish tartibini belgilaydi.

 

Nizomga ko'ra, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi va uning hududiy boshqarmalari "Davlat mulki" ATda bo'sh turgan davlat ko'chmas mulk obyektlarining hisobini yuritish sohasida quyidagilarni amalga oshiradi:

 

toifalarga ajratish bo'yicha:

 

▪bo'sh turgan;

▪me'yorga asosan ortiqcha maydon aniqlangan;

▪qurilishi tugallanmagan (1 yildan ortiq muddatda);

 

samarali foydalanish choralari ko'rilganligi bo'yicha:

 

▪rivojlantirish dasturlariga kiritilgan;

▪ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan;

▪davlat-xususiy sheriklik dasturiga kiritilgan;

▪ijaraga berish uchun ommaviy savdolarga chiqarilishi belgilangan.

 

Markaz aniqlangan bo'sh turgan davlat ko'chmas mulk obyektlari to'g'risidagi ma'lumotlarni xatlov yakunlangandan so'ng 10 kun muddatda o'zining rasmiy veb-saytida e'lon qiladi.

 

 

S.BERDIQILICHOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

“MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATINI BAHOLASH MEХANIZMI

personmaftuna 24-06-24, 11:00
0 “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATINI BAHOLASH MEХANIZMI TAKOMILLASHTIRILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.05.2024-yildagi “Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil...

AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNING TASHKILIY REJASINI ISHLAB

personmaftuna 24-10-24, 16:51
0 AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNING TASHKILIY REJASINI ISHLAB CHIQISH  QANDAY TARTIBDA AMALGA OSHIRILADI?

Aholi yozuvlari, shu jumladan yashash manzillari maʻlumotlar bazasi va maʻmuriy tumanlarni yaratish. Aholini, shu...

ХОРИЖДА ВАҚТИНЧА МЕҲНАТ ФАОЛИЯТИНИ АМАЛГА ОШИРАЁТГАН

personmaftuna 12-04-24, 01:27
0 ХОРИЖДА ВАҚТИНЧА МЕҲНАТ ФАОЛИЯТИНИ АМАЛГА ОШИРАЁТГАН ШАХСЛАР ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНАДИ

“Меҳнат миграцияси жараёнларини такомиллаштириш ҳамда хорижда вақтинча меҳнат фаолиятини амалга ошираётган шахсларни...

menu
menu