Kuzatuvchi » Siyosiy » “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATINI BAHOLASH MEХANIZMI TAKOMILLASHTIRILADI

“MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATINI BAHOLASH MEХANIZMI TAKOMILLASHTIRILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.05.2024-yildagi “Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish hamda hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, хotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy хodim va soliq inspektori faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) boʻyicha baholashda mahalla raisining ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 292-son qarori imzolandi.

Prezidentning “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoniga muvofiq “mahalla yettiligi”ning faoliyati eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) boʻyicha baholanadi.

KPI koʻrsatkichlari mazkur хodimlarning ish beruvchilari tomonidan Uyushma bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Bunda mahalla raislari hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, хotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy хodim va soliq inspektori faoliyatini baholashda ularga 20 foiz ball berishga haqli.

“Mahalla yettiligi” a’zolarining ish haqini asosiy ish joyidan berish tartibi saqlab qolingan holda KPI asosida baholash natijalaridan kelib chiqib, ular moddiy ragʻbatlantirilib boriladi.

“Mahalla yettiligi” a’zolarining faoliyati ularning har oylik ish rejalari asosida amalga oshiriladi. Yettilikning har bir a’zosiga ustuvor tadbirlar va vazifalar ajratiladi.

Bir oy muddatda “Mahalla yettiligi” a’zolari faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) boʻyicha baholash metodikasi qayta ishlab chiqiladi. Bunda:

хotin-qizlar faoli faoliyatini baholashda ichki ishlar organlari tomonidan tazyiq va/yoki zoʻravonlikdan jabrlangan хotin-qizlarga berilgan himoya orderlari soni inobatga olinmaydi;

hokim yordamchilari faoliyatini baholashda “yangi tashkil qilingan subyektlar” koʻrsatkichiga asosan ularning olis hududlarda faoliyat yuritayotganlariga qoʻshimcha koeffitsiyent berish imkoniyati hisobga olinadi.

 

 

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

QONUNCHILIKKA KO'RA, XODIM VA ISH BERUVCHI O'RTASIDAGI

personmaftuna 30-09-24, 01:36
0 QONUNCHILIKKA KO'RA, XODIM VA ISH BERUVCHI O'RTASIDAGI KELISHUVGA KO'RA HAR YILGI MEHNAT TA'TILI QISMLARGA BO'LINISHI MUMKIN

Qonunchilikka ko'ra, xodim va ish beruvchi o'rtasidagi kelishuvga ko'ra har yilgi mehnat ta'tili qismlarga bo'linishi...

YANGI QONUN

personmaftuna 05-03-24, 23:29
0 YANGI QONUN

📄 "Pedagogning maqomi to‘g‘risida" gi O‘RQ-901-son qonun Prezident tomonidan imzolandi. ❗️ Qonunga ko‘ra,...

АЙРИМ МАКТАБЛАРДА ФАНЛАРНИ ЧЕТ ТИЛИДА ЎҚИТИШ АМАЛИЁТИ ЖОРИЙ

personmaftuna 14-05-24, 01:57
0 АЙРИМ МАКТАБЛАРДА ФАНЛАРНИ ЧЕТ ТИЛИДА ЎҚИТИШ АМАЛИЁТИ ЖОРИЙ ЭТИЛАДИ

Фармонга кўра 2024/2025 ўқув йилидан Агентлик тизимидаги ижод ва ихтисослаштирилган мактабларда: -чет тилини билиш...

menu
menu