Kuzatuvchi » Siyosiy » KONSERT REKLAMASI FONOGRAMMADAN FOYDALANISH TOʻGʻRISIDA MA’LUMOT BERISHI KERAK

KONSERT REKLAMASI FONOGRAMMADAN FOYDALANISH TOʻGʻRISIDA MA’LUMOT BERISHI KERAK

11.03.2025-yildagi OʻRQ-1046-son Qonun bilan Oʻzbekistonning ayrim qonun hujjatlariga jonli ijro san’atini yanada rivojlantirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

«Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida»gi Qonunga Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining jonli ijro san’atini rivojlantirish yoʻnalishidagi vakolatlarini, shuningdek konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish darajasiga qarab musiqiy va boshqa asarlarni ijro etish usullarini aniqlashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Bundan tashqari «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida» va «Reklama toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish darajasi haqida aхborot berish tartibini belgilovchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Xususan, konsert-tomosha tadbiri reklamasi fonogrammadan foydalanish darajasi toʻgʻrisidagi aхborotni oʻz ichiga olishi kerak. Bunda tashqi reklama orqali joylashtiriladigan aхborot umumiy reklama maydonining kamida 10 foizini tashkil etishi kerak.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

BANKLARGA QO’YILGAN OMONATLAR QANDAY KAFOLATLANISHI HAQIDA

personmaftuna 22-03-25, 11:24
0 BANKLARGA QO’YILGAN OMONATLAR QANDAY KAFOLATLANISHI HAQIDA  HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Omonatlarni kafolatlash agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) davlat muassasasi bo‘lib, u banklardagi...

“TERMIZ ХALQARO SAVDO MARKAZI”: QOʻSHIMCHA CHORALAR

personmaftuna 01-06-24, 02:44
0 “TERMIZ ХALQARO SAVDO MARKAZI”: QOʻSHIMCHA CHORALAR

Prezidentning 13.05.2024 - yildagi “Termiz х alqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va...

KEKSALAR VA NOGIRONLARGA IJTIMOIY YORDAM KO’RSATISH TIZIMI

personmaftuna 31-01-24, 02:25
0 KEKSALAR VA NOGIRONLARGA IJTIMOIY YORDAM KO’RSATISH TIZIMI TAKOMILLASHTIRILMOQDA

Prezidentning 27.12.2023-yildagi 410-son “Oʼzgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi boʼlgan shaxslarga...

menu
menu