Kuzatuvchi » Siyosiy » SHAXSNI TURMUSHGA CHIQISHGA MAJBUR QILGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK MAVJUDMI?

SHAXSNI TURMUSHGA CHIQISHGA MAJBUR QILGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK MAVJUDMI?

— Ayolni erga tegishga yoki nikohda yashashni davom ettirishga majbur qilish uchun javobgarlik belgilanganmi?

— O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-moddasiga binoan Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir.

Nikoh O‘zbekiston xalqining an’anaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanadi.

Davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratadi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47(3)-moddasida nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzish uchun javobgarlik belgilangan. Xususan, Ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish, bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 136-moddasiga binoan:

Ayolni erga tegishga yoki nikohda yashashni davom ettirishga majbur qilish yoxud ayolning erkiga xilof ravishda u bilan nikohda bo‘lish uchun o‘g‘rilash, shuningdek, ayolning erga tegishiga to‘sqinlik qilish — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

QISHLOQ XOʻJALIGIGA MOʻLJALLANGAN YERLARGA IJARA HUQUQINI

personmaftuna 22-01-24, 19:31
0 QISHLOQ XOʻJALIGIGA MOʻLJALLANGAN YERLARGA IJARA HUQUQINI SOTISH MUMKIN

Prezidentning 18.01.2024-yildagi PF-15-sonli “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish...

РЕСПУБЛИКА РУҲИЙ САЛОМАТЛИК МАРКАЗИНИНГ ВАЗИФАЛАРИ

personmaftuna 18-09-24, 21:38
0 РЕСПУБЛИКА РУҲИЙ САЛОМАТЛИК МАРКАЗИНИНГ ВАЗИФАЛАРИ БЕЛГИЛАНДИ

Вазирлар Маҳкамасининг 24.07.2024 йилдаги "Ўзбекистон Республикасида ихтисослаштирилган психиатрия ва аркология...

UY-JOYGA INVESTITSIYALAR DAROMADLILIGI TUSHIB BORMOQDA

personmaftuna 06-12-24, 15:57
0 UY-JOYGA INVESTITSIYALAR DAROMADLILIGI TUSHIB BORMOQDA

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan Toshkent shahrida ko‘p qavatli uy-joylarga...

menu
menu