Kuzatuvchi » Siyosiy » QISHLOQ XOʻJALIGIGA MOʻLJALLANGAN YERLARGA IJARA HUQUQINI SOTISH MUMKIN

QISHLOQ XOʻJALIGIGA MOʻLJALLANGAN YERLARGA IJARA HUQUQINI SOTISH MUMKIN

Prezidentning 18.01.2024-yildagi PF-15-sonli “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

2024-yil 1-martdan boshlab qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishda ochiq elektron tanlov oʻrniga elektron onlayn auksion savdolari joriy etiladi.

Quyidagilar belgilandi:

qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari elektron onlayn auksion savdolari orqali 30 yilga ijaraga beriladi, bunda boshlangʻich narx yer uchastkasining normativ qiymati miqdorida belgilanadi;

yer uchastkalarini elektron auksion savdolariga chiqarish boʻyicha materiallarni tayyorlash qonunchilikka tegishli oʻzgartirishlar kiritilguniga qadar ochiq elektron tanlov uchun belgilangan tartibda, elektron onlayn savdolarini oʻtkazish esa auksion savdolarini tashkil etish hamda oʻtkazish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi;

qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish boʻyicha elektron onlayn auksion savdolari gʻoliblariga yer uchastkasi narxini uch yil muddatda har oyda teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi;

dehqon xoʻjaligi, yakka tartibda bogʻdorchilik, polizchilik va chorvachilikni yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish boʻyicha elektron onlayn auksion savdolari  gʻolibi boʻlgan  “Temir daftar”,  “Ayollar daftari” va  “Yoshlar daftari”da roʻyxatda turgan fuqarolarga  yer uchastkasi narxini besh yil muddatga teng ulushlarda foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi.

2024-yil 1-martga qadar 15 626,8 gektar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilishi rejalashtirilgan (aholi punktlariga yaqin, suv taʼminoti yaxshi, unumdorlik yuqori boʻlgan, maydoni 5 gektardan yuqori konturlarni 1 gektargacha lotlarga boʻlgan holda).

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

 

Boshqa maqolalar

SOLIQ TO‘LOVCHILARNING HUQUQLARI

personmaftuna 26-03-24, 02:17
0 SOLIQ TO‘LOVCHILARNING HUQUQLARI

Soliq to‘lovchilar quyidagi huquqlarga ega: soliq organlaridan va boshqa vakolatli organlardan (ularning vakolatlari...

. SHTATIGA QISQARTIRISH KELGAN HODIM MUDDATIDAN AVVAL

personmaftuna 30-09-24, 12:10
0 . SHTATIGA QISQARTIRISH KELGAN HODIM MUDDATIDAN AVVAL PENSIYAGA CHIQISHI MUMKIN

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi qonunning 14-moddasiga ko‘ra texnologiyadagi, ishlab chiqarish...

FUQAROLARNING SHAXSIY JAMG‘ARIB BORILADIGAN MAJBURIY

personmaftuna 11-12-24, 02:15
0 FUQAROLARNING SHAXSIY JAMG‘ARIB BORILADIGAN MAJBURIY PENSIYA BADALLARINI HISOBLASHNING YANGI TARTIBI TASDIQLANDI

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi hamda Markaziy bankning joriy yil 23-noyabrda “Ish beruvchilar...

menu
menu