Kuzatuvchi » Siyosiy » PENSIYAGA CHIQISHDA ISH STAJI BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR BO‘LMASLIGI UCHUN NIMA QILISH KERAK?

PENSIYAGA CHIQISHDA ISH STAJI BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR BO‘LMASLIGI UCHUN NIMA QILISH KERAK?

Bugungi kunda ba’zi holatlarda pensiya yoshiga yetgan fuqarolar pensiya tayinlanishi uchun murojaat qilganlarida ish staji yetishmaslik holatlari uchrab turibdi. Ma’lumki, ayni vaqtda Pensiya jamg‘armasi pensiya tayinlashni so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning barcha ma’lumotlarini elektron ravishda tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan elektron shaklda olmoqda. 

Shaxsning ish staji va ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq raqamlashtirilgan bo‘lsa, “ish staji yetishmaslik” holati yuz bermaydi. 

Aksincha, fuqaro ishlagan tashkilot, korxona va muassasalar qonunchilikka muvofiq xodimning pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarini (mehnat staji, ish haqi va boshqalar) “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritmagan taqdirda pensiya tayinlash vaqti kelganda “ish staji va ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar” chiqmasligi mumkin.

 Bunday holatga tushmaslik uchun rasmiy mehnat faoliyati yuritayotgan barcha fuqarolarimizdan ish staji va ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga e’tiborli bo‘lgan holda, ish beruvchilaridan barcha ma’lumotlarini “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritib raqamlashtirib qo‘yishlarini maslahat beramiz.

 Shuningdek, ishlamayotgan fuqarolar mehnat daftarchalaridagi ma’lumotlar raqamlashtirilmagan bo‘lsa, yashash hududlaridagi kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlariga murojaat qilgan holda, mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni raqamlashtirib olishlari mumkin. 

Aytgancha, mazkur xizmat mutlaqo bepul amalga oshiriladi.

 

M. SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

Boshqa maqolalar

KREDIT TASHKILOTLARI VA NOBANK KREDIT TASHKILOTLARI

personmaftuna 26-12-24, 14:41
0 KREDIT TASHKILOTLARI VA NOBANK KREDIT TASHKILOTLARI FAOLIYATIDA AXBOROT XAVFSIZLIGI KUCHAYTIRILADI

“Kiberxavfsizlikni ta'minlash sohasidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining...

O‘ZBEKISTONDA ISTE’MOLCHILAR BILISHI KERAK BO‘LGAN 5 MUHIM

personmaftuna 13-12-24, 09:55
0 O‘ZBEKISTONDA ISTE’MOLCHILAR BILISHI KERAK BO‘LGAN 5 MUHIM HUQUQIY QOIDA

1. Iste’molchi qanday huquqlarga ega? Iste’molchi xavfsiz va sifatli tovarlar va xizmatlardan foydalanish huquqiga ega....

АКАДЕМИКЛАР ИШТИРОКИДА ДАРС ЎТИШ АМАЛИЁТИ ЙЎЛГА ҚЎЙИЛАДИ

personmaftuna 14-04-24, 02:26
0 АКАДЕМИКЛАР ИШТИРОКИДА ДАРС ЎТИШ АМАЛИЁТИ ЙЎЛГА ҚЎЙИЛАДИ

"Ихтисослаштирилган мактаблар тармоғини кенгайтириш ва уларнинг фаолиятини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари...

menu
menu