XODIMLARNI OMMAVIY RAVISHDA ISHDAN BO‘SHATISH CHOG‘IDAGI KAFOLATLAR
Ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish mezonlari texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning o‘zgarishi, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarishi bilan bog‘liq bo‘lgan tashkilot xodimlarining soni yoki shtati o‘zgarganligi sababli yoki tashkilot (uning alohida bo‘linmasi) tugatilganligi munosabati bilan o‘zi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi nazarda tutilayotgan xodimlar sonining ko‘rsatkichlaridan iboratdir.
Mehnat kodeksining 98-moddasiga asosan, Xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish mezonlariga xodimlarining soni yigirma nafar va undan ortiq bo‘lgan har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi tashkilotni (uning alohida bo‘linmasini) tugatish, xodimlar sonining (shtatining) quyidagi miqdorda, o‘ttiz kalendar kun ichida ellik nafar va undan ortiq xodimning, oltmish kalendar kun ichida ikki yuz nafar va undan ortiq xodimning, to‘qson kalendar kun ichida besh yuz nafar va undan ortiq xodimning qisqarishi kiradi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi qarorlarni ushbu kechiktirish keltirib chiqargan yo‘qotishlarni ish beruvchiga bir vaqtning o‘zida qisman yoki to‘liq kompensatsiya qilish orqali olti oy muddatgacha to‘xtatib turishi mumkin.
Mehnat organlari mazkur axborotni olgach, ishdan bo‘shatilayotgan xodimlarni qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda ishga joylashtirish choralarini ko‘rishi shart.
M. SADIKOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ПАХТА МАЙДОНЛАРИНИНГ ҲАР ГЕКТАРИГА 1 МЛН СЎМДАН СУБСИДИЯ
personmaftuna 12-03-24, 02:25“Қишлоқ хўжалиги ерлари деградациясига қарши курашиш, тупроқнинг гумус миқдори ва унумдорлигини оширишни...
TA’TILNING FOYDALANILMAGAN QISMINI TAQDIM ETISHNI RAD ETISH
personmaftuna 28-06-24, 11:39Umumiy qoidalarga koʻra, хodimlarga mehnat ta’tillari har yili ish yili davomida taqdim qilinishi kerak. Har yilgi...
YO‘LKIRA HAQINI NAQD PULDA OLISH AMALIYOTIDAN VOZ KECHILADI
personmaftuna 11-12-24, 10:55Aholining uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilishda jamoat transportlarining o‘rni beqiyos. Normativ-huquqiy hujjatlar...