SOLIQ ORGANLARINING MAJBURIYATLARI: ULAR NIMALARDAN IBORAT?
Soliq Kodeksining 22-moddasiga asosan, Soliq organlari: soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etishi, soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi, soliqlar va yig‘imlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq hamda o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshirishi, soliq to‘lovchilar, shuningdek o‘tkazilgan tekshirishlar natijalari to‘g‘risida xabardor qilishi, soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytida o‘z vaqtida e’lon qilishi, soliq to‘lovchilarga soliq to‘g‘risidagi qonunchilikni ijro etishida yordam berishi, soliq to‘g‘risidagi qonunchilik normalarini va soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibini tushuntirishi, soliq to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi faktlarini tahlil qilishi va baholashi, soliq to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi to‘g‘risidagi arizalarni, xabarlarni va boshqa axborotni o‘rganishi, davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan pul mablag‘larining to‘liq va o‘z vaqtida tushishini nazorat qilishi, masalani hal etish soliq organlari vakolatlari doirasiga kirmaydigan hollarda soliq to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishi faktlari bo‘yicha materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirishi, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarini hisobga olishi, ularga soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamini berishi hamda bu haqda statistika va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarga rasmiy ravishda ma’lum qilishi, soliq to‘lovchining talabiga binoan uning soliq organlarida hisobga qo‘yilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomani berishi, soliq to‘g‘risidagi qonunchilikni qo‘llash masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yozma tushuntirishlariga amal qilishi shartligi belgilangan.
Shuningdek, Soliq organlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
M. SADIKOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
“TELEKOMMUNIKATSIYALAR TOʻGʻRISIDA”GI QONUN KUCHGA KIRDI
personmaftuna 10-02-25, 01:5327.12.2024 yildagi "Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1015-son Qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Qonunning...
CHAQIRILUVCHILARNI TANLAB OLISH TARTIBI BELGILANDI
personmaftuna 08-08-25, 14:34O‘zbekiston Respublikasining 07.07.2025 yildagi 413-sonli Hukumat qarori bilan “Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi...
БАРЧА ЧЕТ ТИЛИ ЎҚИТУВЧИЛАРИ...
personmaftuna 11-03-24, 00:41Барча чет тили ўқитувчилари келаси ўқув йилига қадар ўз фанлари бўйича камида б2 даражадаги миллий ёки унга...