Kuzatuvchi » Siyosiy » CHAQIRILUVCHILARNI TANLAB OLISH TARTIBI BELGILANDI

CHAQIRILUVCHILARNI TANLAB OLISH TARTIBI BELGILANDI

O‘zbekiston Respublikasining 07.07.2025 yildagi 413-sonli Hukumat qarori bilan “Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi

Nizom chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarlikka jalb etish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidagi muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun tanlab olish tartibini belgilaydi.

 Chaqiriluvchilar tanlovda 1 yilda faqat 1 marta ishtirok etishi mumkin.

 Tanlov chaqiruv yilidan avvalgi yilning 10 avgustidan chaqiruv yilining 10 fevraliga qadar o‘tkaziladi.

 Chaqiriluvchi bilan suhbat o‘tkazish orqali uning quyidagi ma’lumotlariga aniqlik kiritiladi:

 harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishi va ishtiyoqi;

 huquqbuzarliklar sodir etgani, javobgarlikka tortilgani va sudlangani bilan bog‘liq holatlar;

 sog‘lig‘ining holati;

 bilim darajasi;

 oilaviy sharoiti va boshqalar.

Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasi quyidagi umumjismoniy normativlarni qabul qilish orqali baholanadi:

 turnikda tortilish;

100 metrga yugurish;

3000 metrga yugurish.

Tanlov yakunlari bo‘yicha chaqiriluvchini tavsiya etish yoki tavsiya etmaslik bo‘yicha tegishli xulosa qabul qilinadi.


R.EGAMBERDIYEV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

AHOLINING KUNDALIK HAYOTIDA UCHRAYDIGAN HUQUQIY MUAMMOLARI

personmaftuna 29-06-24, 06:29
0 AHOLINING KUNDALIK HAYOTIDA UCHRAYDIGAN HUQUQIY MUAMMOLARI ANIQLANADI, TAHLIL QILINADI VA BARTARAF ETILADI

“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham...

O‘ZBEKISTONDA SPORT MUSOBAQALARIDA “KELISHILGAN O‘YINLAR”

personmaftuna 11-12-24, 11:36
0 O‘ZBEKISTONDA SPORT MUSOBAQALARIDA “KELISHILGAN O‘YINLAR” UCHUN JINOIY JAVOBGARLIK MAVJUDMI?

Jinoyat kodeksining 214(2)-moddasiga asosan sport musobaqalari natijalarini yoki ularning borishini qasddan...

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLIGINI TUG‘ILGANLIK

personmaftuna 14-06-24, 02:16
0 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLIGINI TUG‘ILGANLIK BO‘YICHA OLISH

Bola o‘zining tug‘ilgan joyidan qat’i nazar, agar tug‘ilgan paytida: ota-onasi (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston...

menu
menu