Kuzatuvchi » Siyosiy » AHOLINING KUNDALIK HAYOTIDA UCHRAYDIGAN HUQUQIY MUAMMOLARI ANIQLANADI, TAHLIL QILINADI VA BARTARAF ETILADI

AHOLINING KUNDALIK HAYOTIDA UCHRAYDIGAN HUQUQIY MUAMMOLARI ANIQLANADI, TAHLIL QILINADI VA BARTARAF ETILADI

“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, quyidagilar adliya organlarining qo‘shimcha faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:

aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rib borish;

 joylarda aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish;

fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish va muvofiqlashtirib borish;

davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda ularga metodik yordam ko‘rsatib borish.

 

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.


 

 

Boshqa maqolalar

DAVLAT XARIDLARI ELEKTRON TIZIMINING OPERATORI FAOLIYATINI

personmaftuna 17-09-25, 17:15
0 DAVLAT XARIDLARI ELEKTRON TIZIMINING OPERATORI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TARTIBI BELGILANDI

Hukumat qarori (476-son, 30.07.2025-y.) bilan “Davlat xaridlari elektron tizimi operatorlari to'g'risida”gi nizom...

YOQILGʻI-ENERGETIKA RESURSLARI ISTE’MOLCHILARINING ENERGIYA

personmaftuna 28-10-24, 15:24
0 YOQILGʻI-ENERGETIKA RESURSLARI ISTE’MOLCHILARINING ENERGIYA AUDITINI OʻTKAZISH TARTIBI TASDIQLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.10.2024-yildagi 690-sonli qarori bilan yoqilgʻi-energetika...

MA’MURIY JAVOBGARLIKNI OG‘IRLASHTIRUVCHI HOLATLAR

personmaftuna 24-03-24, 17:50
0 MA’MURIY JAVOBGARLIKNI OG‘IRLASHTIRUVCHI HOLATLAR

Ma’muriy javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlarga: g‘ayrihuquqiy harakatlarni to‘xtatish vakolati bor shaxslar...

menu
menu