“JASORAT MAKTABLARI”GA O‘QUVCHILARNI QABUL QILISH TARTIBI BELGILANDI
“Jasorat maktablari”ga o‘quvchilarni qabul qilish va o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida 3636-sonli raqam bilan 01.07.2025-yilda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Nizom “Jasorat maktablari”ga (Jasorat sinflari) o‘quvchilarni qabul qilish va o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Jasorat sinflariga o‘quvchilar belgilangan yillik qabul kvotasi, ya’ni bitta sinfga 26 nafar o‘quvchidan iborat tarzda 5-sinfdan boshlab qabul qilinadi.
Jasorat sinflarida o‘qish muddati 7 yilni tashkil qiladi.
Jasorat sinflariga kirish uchun jismoniy tayyorgarlik hamda tegishli fanlar yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlari iyul oyida o‘tkaziladi.
Jasorat sinflarining 9-sinfini yakunlagan o‘quvchilarga tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma, 11-sinfini tamomlagan o‘quvchilarga umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma beriladi.
R.EGAMBERDIYEV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
HUQUQIY TA’LIM
personmaftuna 29-11-24, 06:18Huquqiy ta’lim – bu jamiyat a’zolarining huquqiy bilim va madaniyatini oshirishga qaratilgan tizimli jarayon bo‘lib,...
ХОТИН ҚИЗЛАР ҲУҚУҚИ
personmaftuna 28-03-24, 10:29Қонунчиликка кўра, эркак ва аёллар ҳуқуқлари тенглигининг бузилиши билан боғлиқ ишларнинг судларда кўриб чиқилишида...
MA’RIFIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI BELGILANDI
personmaftuna 16-12-24, 19:18Joriy yilning 5-noyabr kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ma’rifiy faoliyatni...