Kuzatuvchi.uz / “JASORAT MAKTABLARI”GA O‘QUVCHILARNI QABUL QILISH TARTIBI BELGILANDI

“JASORAT MAKTABLARI”GA O‘QUVCHILARNI QABUL QILISH TARTIBI BELGILANDI

“Jasorat maktablari”ga o‘quvchilarni qabul qilish va o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida 3636-sonli raqam bilan 01.07.2025-yilda  davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Nizom “Jasorat maktablari”ga (Jasorat sinflari) o‘quvchilarni qabul qilish va o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish tartibini belgilaydi.

Jasorat sinflariga o‘quvchilar belgilangan yillik qabul kvotasi, ya’ni bitta sinfga 26 nafar o‘quvchidan iborat tarzda 5-sinfdan boshlab qabul qilinadi.

Jasorat sinflarida o‘qish muddati 7 yilni tashkil qiladi.

Jasorat sinflariga kirish uchun jismoniy tayyorgarlik hamda tegishli fanlar yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlari iyul oyida o‘tkaziladi. 

Jasorat sinflarining 9-sinfini yakunlagan o‘quvchilarga tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma, 11-sinfini tamomlagan o‘quvchilarga umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma beriladi.

R.EGAMBERDIYEV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

8-08-2025, 14:33
Saytga qaytish