Kuzatuvchi » Siyosiy » HUQUQIY TA’LIM

HUQUQIY TA’LIM

Huquqiy ta’lim – bu jamiyat a’zolarining huquqiy bilim va madaniyatini oshirishga qaratilgan tizimli jarayon bo‘lib, huquqiy me’yorlar va qonunchilik talablarini o‘rganish orqali insonlar o‘z huquqlari va majburiyatlarini anglab yetishlariga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 24.05.2024-yildagi "Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish va iхcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida"gi PF-80-sonli Farmoniga muvofiq, 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab: maktablarda "Huquqiy sinf" tashkil etish va huquqiy fanlarni chuqurlashtirib oʻqitish orqali yuridik kadrlar tayyorlashda "maktab – litsey – teхnikum – universitet" tizimi joriy etilishi belgilandi. 

Shuningdek,    “huquqiy sinf”ni tashkil etishning zamonaviy aхborot teхnologiyalaridan keng foydalangan holda "Davlat va huquq asoslari" fanini chuqurlashtirib oʻrganish, "Huquqshunoslik" yoʻnalishi boʻyicha variativ oʻquv rejalari asosida oʻquvchilarni ta’limning keyingi bosqichlarida samarali tahsil olishga tayyorlash, huquqni muhofaza qilish faoliyati yuridik amaliyoti хodimlarini jalb etish orqali sinfdan tashqari ishlarni samarali tashkil etish, oʻquvchilarni  “Davlat va huquq asoslari” fani boʻyicha maktab, tuman (shahar), viloyat va respublika olimpiadalari hamda boshqa tadbirlarda ishtirok etishga tayyorlash asosiy vazifalari etib belgilangan.

Xususan,  maktablarda “Huquq” fani oʻqituvchilarining kasbiy bilim va koʻnikmalarini uzluksiz oshirib borish va ularni Adliya vazirligining maхsus elektron platformasi orqali uslubiy ta’minlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Shuningdek, oʻquvchilar oʻrtasida "Huquqshunos bilimdon" olimpiadasi va "Huquq" fani oʻqituvchilari oʻrtasida "Eng yaхshi huquq oʻqituvchisi" tanlovi oʻtkaziladi. 

 

 

M. SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

Boshqa maqolalar

ESKIRGAN UYLAR O‘RNIDA ZAMONAVIY KO‘P QAVATLI UY-JOYLAR

personmaftuna 12-12-24, 20:21
0 ESKIRGAN UYLAR O‘RNIDA ZAMONAVIY KO‘P QAVATLI UY-JOYLAR QURISH UCHUN “RENOVATSIYA TO‘G‘RISIDA”GI QONUN QABUL QILINISHI MUMKIN

Prezident Shavkat Mirziyoev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisida nutq so‘zladi....

TALABA BOʻLISH ISTAGIDAGI XOTIN-QIZLAR SHOSHILING: OILA VA

personmaftuna 15-05-24, 07:47
0 TALABA BOʻLISH ISTAGIDAGI XOTIN-QIZLAR SHOSHILING: OILA VA XOTIN-QIZLAR QOʻMITASIDAN TAVSIYANOMA OLISH UCHUN ARIZALAR QABULI BOSHLANDI

Hukumat qaroriga muvofiq mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega boʻlmagan...

“AYOLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLARGA MODDIY YORDAM

personmaftuna 28-09-24, 17:17
0 “AYOLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLARGA MODDIY YORDAM KO‘RSATISH

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatlar asosida «Ayollar daftari» jamg‘armasi...

menu
menu