Kuzatuvchi » Siyosiy » TALABA BOʻLISH ISTAGIDAGI XOTIN-QIZLAR SHOSHILING: OILA VA XOTIN-QIZLAR QOʻMITASIDAN TAVSIYANOMA OLISH UCHUN ARIZALAR QABULI BOSHLANDI

TALABA BOʻLISH ISTAGIDAGI XOTIN-QIZLAR SHOSHILING: OILA VA XOTIN-QIZLAR QOʻMITASIDAN TAVSIYANOMA OLISH UCHUN ARIZALAR QABULI BOSHLANDI

         Hukumat qaroriga muvofiq mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega boʻlmagan xotin-qizlar davlat oliy taʼlim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinishi belgilangan.

Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi boʻlgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining tavsiyanomasiga ega boʻlishlari lozim.

Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:

oʻrta maxsus yoki professional taʼlim boʻyicha mutaxassislikka ega boʻlishi (kollej, texnikum diplomiga ega bo‘lishi);

tavsiyanoma olgunga qadar oliy taʼlim olmaganligi yoki olmayotganligi (davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalarida o‘qimayotgan bo‘lishi kerak);

oʻrta maxsus yoki professional taʼlim mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega boʻlishi.

▪Talabgorlar joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan doimiy yashash yoki vaqtincha roʻyxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga murojaat etadilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi;
 mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan koʻchirma;
 oʻrta-maxsus yoki professional taʼlim boʻyicha diplom.

▪Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda 1-7-iyun kunlari koʻrib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinadi.
 2022-hamda 2023-yillarda tavsiyanoma olgan, biroq oliy taʼlim muassasalarida talabalikka tavsiya etilmagan xotin-qizlarning tavsiyanomalari 2024-yilda ham amal qiladi.

   

 Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

HOMILADOR AYOLLARNI YENGILROQ ISHGA YOKI NOQULAY ISHLAB

personmaftuna 19-05-24, 21:51
0 HOMILADOR AYOLLARNI YENGILROQ ISHGA YOKI NOQULAY ISHLAB CHIQARISH OMILLARI TA’SIRIDAN XOLI BO‘LGAN ISHGA O‘TKAZISH

Tibbiy xulosaga muvofiq homilador ayollarning ishlab chiqarish normalari, xizmat ko‘rsatish normalari avvalgi...

ИЖОДКОР ЁШЛАР ЯНГИ ФАНЛАРГА ЎҚИТИЛАДИ

personmaftuna 30-09-24, 10:45
0 ИЖОДКОР ЁШЛАР ЯНГИ ФАНЛАРГА ЎҚИТИЛАДИ

Президентнинг 01.04.2024 йилдаги “Ижод мактаблари фаолиятини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги...

ХОРИЖИЙ ТУРИСТЛАР ОҚИМИ ЯНАДА ОШИРИЛАДИ

personmaftuna 31-07-24, 03:05
0 ХОРИЖИЙ ТУРИСТЛАР ОҚИМИ ЯНАДА ОШИРИЛАДИ

“Ўзбекистон Республикасида туризм инфратузилмасини яхшилаш ва хорижий туристлар оқимини янада оширишга қаратилган...

menu
menu