Kuzatuvchi » Siyosiy » O‘RINDOSHLIK ASOSIDA ISHLOVCHI SHAXSLARGA YILLIK MEHNAT TA’TILLARI

O‘RINDOSHLIK ASOSIDA ISHLOVCHI SHAXSLARGA YILLIK MEHNAT TA’TILLARI

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga ko‘ra, o‘rindoshlik asosida ishlovchi xodimlar ham yillik mehnat ta’tillariga ega. Ularning ta'til olish huquqi asosiy ish joyidagi va o‘rindoshlik bo‘yicha ishlayotgan joyidagi ish muddatiga va boshqa qonuniy talablariga ko‘ra belgilanadi.

Mehnat kodeksining 439-moddasiga asosan, O‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga yillik asosiy ta’tillar, shuningdek o‘rindoshlar haqli bo‘lgan qo‘shimcha mehnat ta’tillari asosiy ish joyidagi yillik mehnat ta’tili bilan bir vaqtda berilishi belgilangan.

Agar o‘rindoshlik asosida ishning birinchi ish yilida xodim olti oydan kam ishlagan bo‘lsa, o‘rindoshlik asosida ishda yillik mehnat ta’tili uchun ishlangan vaqtga mutanosib ravishda haq to‘lanadi.

Birinchi ish yilida olti oy ishlagan o‘rindoshlarning yillik mehnat ta’tiliga, shuningdek ishning keyingi yillari uchun yillik mehnat ta’tiliga o‘rindoshlik asosida ishning o‘rtacha ish haqidan kelib chiqqan holda odatdagi tartibda haq to‘lanadi.

Asosiy ish joyi bo‘yicha yillik mehnat ta’tilining davomiyligi o‘rindoshlik asosidagi ishdagi mehnat ta’tilining davomiyligidan ko‘p bo‘lgan hollarda, ish beruvchi o‘rindoshning iltimosiga ko‘ra unga o‘rindoshlik asosidagi ishdagi yillik mehnat ta’tilidan tashqari asosiy ishidagi yillik mehnat ta’tili va o‘rindoshlik asosidagi ishning yillik mehnat ta’tili davomiyligi o‘rtasidagi farqni tashkil etuvchi kunlarga ish haqi saqlanmaydigan ta’til ham berishi shart.


 

M. SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

 

Boshqa maqolalar

SUDLARDA TERGOV SUDYASI LAVOZIMI KIRITILMOQDA

personmaftuna 29-09-24, 20:36
0 SUDLARDA TERGOV SUDYASI LAVOZIMI KIRITILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 10.06.2024-yildagi “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning...

NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA G‘AMXO‘RLIK QILUVCHI

personmaftuna 17-08-24, 02:28
0 NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA G‘AMXO‘RLIK QILUVCHI FUQAROLANING IMTIYOZLARI

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga g‘amxo‘rlik qiluvchi (yo‘lda kuzatib boruvchi) fuqarolar ham bir qancha imtiyozlarga...

MA’MURIY JAZONI QO‘LLASH, ENG YENGIL JAZONI QO‘LLASH

personmaftuna 11-12-24, 11:40
0 MA’MURIY JAZONI QO‘LLASH, ENG YENGIL JAZONI QO‘LLASH ASOSLARI: MUHIM 6 SAVOLGA JAVOB

Sud tegishli huquqbuzarlik uchun belgilangan eng kam jazodan ham kamroq jazo yoki o‘sha huquqbuzarlik uchun...

menu
menu