NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA G‘AMXO‘RLIK QILUVCHI FUQAROLANING IMTIYOZLARI
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga g‘amxo‘rlik qiluvchi (yo‘lda kuzatib boruvchi) fuqarolar ham bir qancha imtiyozlarga ega:
- davlat xizmatlari markazlari, sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat muassasalarida fuqarolarning bevosita hozirligida ko‘rsatiladigan xizmatlardan navbatsiz foydalanishi, davlat idoralari rahbarlari qabuliga navbatsiz kirishi mumkin;
- tibbiyot muassasalarida davolanayotgan nogironligi bo‘lgan bolaga g‘amxo‘rlik qilish uchun shu muassasada uning otasi yoki onasiga yoxud oilaning bolani bevosita parvarishlayotgan boshqa a’zosiga nogironligi bo‘lgan bolaning yonida birga bo‘lish uchun sharoit yaratiladi.
Statsionar tibbiyot muassasalarida nogironligi bo‘lgan bolani parvarishlayotgan shaxsga mazkur davr uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga g‘amxo‘rlik qiluvchi shaxslar davolash davrida davlat statsionar tibbiyot muassasalarida bepul ovqatlanishi mumkin.
Bahodir YUSUPOV,
Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
ELЕKTR HISOBLAGICH KIMNI HISOBIDAN XARID QILINADI ?
personmaftuna 30-09-24, 12:24SAVOL; Elektrga ulanish uchun yangi iste’molchilarga elektr xisoblagichni iste’molchini o‘zi sotib olishi kerakmi yoki...
TA’LIM: MA’MURIY ISLOHOTLAR DAVOM ETMOQDA
personmaftuna 29-09-24, 21:312024-yil 7-sentyabrdagi OʻRQ-957-son Qonun bilan ma’muriy islohotlar doirasida ta’lim sohasida davlat boshqaruvi...
QOʻRIQCHI «IKKI KUNDA BIR» REJIMIDA ISHLASHI MUMKINMI?
personmaftuna 21-02-24, 02:04Kechayu kunduz rejimidagi ish (3 kishi, ikki kunda bir) va korхonada belgilangan 24 soatlik ish rejimi amaldagi...