O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLIGINI TUG‘ILGANLIK BO‘YICHA OLISH
Bola o‘zining tug‘ilgan joyidan qat’i nazar, agar tug‘ilgan paytida: ota-onasi (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolar bo‘lsa, uning ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi esa fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lsa yoki bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoxud uning turgan joyi noma’lum bo‘lsa, uning ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi esa chet davlat fuqarosi bo‘lsa, tug‘ilganlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini oladi.
O‘zbekiston Respublikasining 13.03.2020-yildagi O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida O‘RQ-610-son qonunining 14-moddasida O‘zbekiston Respublikasi hududida tug‘ilgan, ota-onasi (yolg‘iz otasi yoki onasi) fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘lgan bola tug‘ilganlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan, ota-onasi noma’lum bo‘lgan bola O‘zbekiston Respublikasi fuqarosidir. Otasi yoxud onasi O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lgan bolaga otalik yoxud onalik belgilangan yoki tan olingan taqdirda, bola, tug‘ilgan joyidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini oladi.
M.SODIQOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
MIRANDA QOIDASI: SUKUT SAQLASH NIMAGA KERAK?
personmaftuna 27-06-24, 23:56Maʼlumki, shaxs jinoyatda gumon qilinib, ushlanishi zahoti unga sukut saqlash huquqi borligini tushuntirib, “Aytgan har...
QURILISHI TUGALLANGAN OBYEKTLARNI FOYDALANISHGA QABUL
personmaftuna 19-05-24, 03:35“Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga...
ХОДИМГА БЕРИЛГАН ИНТИЗОМИЙ ЖАЗО ЧОРАСИНИ МУДДАТИДАН АВВАЛ
personmaftuna 31-07-24, 02:56Интизомий жазо чорасини муддатидан аввал бекор қилиш мумкин. Меҳнат кодексининг 315-моддаси учинчи қисмига кўра иш...