Kuzatuvchi » Siyosiy » SUBSIDYPLATFORM.MF.UZ

SUBSIDYPLATFORM.MF.UZ

Subsidiyalar “subsidyplatform.mf.uz” to‘lov platformasi orqali ajratiladi "Mahalla yettiligi" tavsiyasi asosida kambag'allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo'lgan shaxslarga ipoteka kreditini ajratish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 21.10.2024-yilda   Vazirlar Mahkamasi 691-son qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash maqsadlari uchun asosiy stavkadan 4 foiz bandga yuqori stavkada 120 million so'mgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga ipoteka kreditlarini ajratish,  ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun kredit muddatining birinchi 5 yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya to‘lab berish, ipoteka kreditlari va ular bo‘yicha subsidiyalarni rasmiylashtirish hamda ajratish tartibi belgilangan.

Shuningdek, kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo'lgan shaxslarga yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlashda kadastr pasportini rasmiylashtirish va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq to‘lovlar qiymati 50 foizga kamaytiriladi, yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badal va foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar "subsidyplatform.mf.uz" to‘lov platformasi orqali ajratiladi.


M. SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

 

 

 

Boshqa maqolalar

NIZOLAR HAL QILINISHIDA KELISHUV BO‘LSA, DAVLAT BOJI QISMAN

personmaftuna 10-12-24, 11:29
0 NIZOLAR HAL QILINISHIDA KELISHUV BO‘LSA, DAVLAT BOJI QISMAN QAYTARIB BERILADIMI?

Tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, tekshiruvlarni tartibga solishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab...

ISH VAQTIDAN TASHQARI ISHLAR MUDDATINING BELGILANGAN

personmaftuna 29-09-24, 15:44
0 ISH VAQTIDAN TASHQARI ISHLAR MUDDATINING BELGILANGAN CHEKLANGAN ME’YORLARI

Umumiy qoidaga koʻra, ish vaqtidan tashqari ishning muddati har bir хodim uchun surunkasiga 2 kun davomida 4 soatdan...

NORUDA MATERIALLARNI QAZIB OLISH USTIDAN NAZORAT

personmaftuna 05-03-24, 07:38
0 NORUDA MATERIALLARNI QAZIB OLISH USTIDAN NAZORAT KUCHAYTIRILDI

Prezidentning 17.01.2024-yildagi PF-14-sonli «Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish...

menu
menu