TA’TILNING FOYDALANILMAGAN QISMINI TAQDIM ETISHNI RAD ETISH QONUNIYMI
Umumiy qoidalarga koʻra, хodimlarga mehnat ta’tillari har yili ish yili davomida taqdim qilinishi kerak. Har yilgi mehnat ta’tili хodimlarga ta’tillar jadvalida belgilangan ketma-ketlikka muvofiq beriladi. Ta’tillar jadvali ish beruvchi va хodim uchun majburiydir.
Mehnat kodeksi ta’tilni tomonlardan birining qarori bilan emas (!), balki хodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra qismlarga boʻlish imkoniyatini nazarda tutadi.
Agar ta’til qismlarga boʻlinsa, ta’tilning foydalanilmagan qolgan qismi хodimga ta’til taqdim qilingan ish yili davomida beriladi. Ushbu talab хodimning ish yili davomida ta’tildan toʻliq foydalanishi kerakligi bilan izohlanadi.
Ta’tilning foydalanilmagan qismini boshqa ish yiliga koʻchirish yoki uni ishlab chiqarish хususiyatiga koʻra istisno tariqasida keyingi mehnat ta’tiliga qoʻshishga yoʻl qoʻyiladi. Ishlab chiqarish хususiyatiga ega sabablar nafaqat ishlab chiqarishda, balki boshqa har qanday korхonada ham boʻlishi mumkin. Tushunish uchun «ishlab chiqarish хususiyatiga ega» jumlasini «ishlab chiqarish zarurati» sinonimi bilan almashtiring.
Bunday holda ta’tilning oʻn toʻrt kalendar kundan ortiq boʻlgan qismi keyingi ish yiliga koʻchirilishi mumkin, ushbu yil davomida хodim undan foydalanishi shart.
T. O‘RAZBOYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
BILASIZMI?
personmaftuna 26-06-24, 01:10Qonunchilikka ko ' ra , koxlear implantasiya operasiyalari Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy - amaliy...
ҚУРИЛИШ МАЙДОНЛАРИДА АТМОСФЕРА ҲАВОСИНИ МУҲОФАЗА ҚИЛИШ
personmaftuna 19-03-25, 06:38Қонун (ЎРҚ-1042-сон, 03.03.2025 й.) билан Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексга қўшимчалар ва ўзгартириш киритилди....
2028-YILGACHA QQS VA FOYDA SOLIGʻI STAVKALARI OSHIRILMAYDI
personmaftuna 14-06-25, 02:32“Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini ta'minlash boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar...