ISH HAQI SAQLANMAYDIGAN TA’TIL
Ish haqi saqlanmaydigan ta’til deganda xodimning ish o‘rni (lavozimi) saqlanib qolgan holda haq to‘lanmaydigan ta’til tushuniladi.
Xodimning yozma arizasiga ko‘ra unga ish haqi saqlanmaydigan ta’til berilishi mumkin bo‘lib, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi, lekin u ish haqi saqlanmaydigan oxirgi ta’til berilgan kundan e’tiboran kalendarь yil davomida uzluksiz yoki jamlangan holda 3 oydan oshmasligi kerak.
Agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, karantin choralari amalga oshirilayotgan, favqulodda holat joriy etilgan davrda va butun aholining yoki uning bir qismining hayotiga yoxud normal yashash sharoitlariga tahdid soluvchi boshqa hollarda xodimning yozma arizasiga ko‘ra ish haqi saqlanmaydigan ta’tilning uzluksiz yoki jamlangan davomiyligi ko‘paytirilishi, biroq ko‘pi bilan 6 oygacha ko‘paytirilishi mumkin.
T. O‘RAZBOYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ҲАРБИЙ ХИЗМАТЧИЛАРНИ ИЖТИМОИЙ ҲИМОЯ ҚИЛИШ КУЧАЙТИРИЛАДИ
personmaftuna 19-03-25, 06:25“Ўзбекистон Республикаси Президентининг айрим қарорларига ҳарбий хизматчиларни ижтимоий ҳимоя қилишни кучайтиришга...
MEHNAT SHARTNOMASIDA QANDAY REKVIZITLAR KO’RSATILISHI KERAK
personmaftuna 30-09-24, 02:00Mehnat shartnomasida mehnat shartnomasi tuzilgan sana va joy, mehnat shartnomasining raqami va uning taraflarining...
KOʻCHMAS MULK OBYEKTLARINING KADASTR RAQAMLARIGA TUZATISH
personmaftuna 24-09-24, 06:56O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.09.2024-yildagi 555 -son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi...